Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

67-Kann kinofestivalining “oltin palma novdasi” turkiyalik rejissor Nuri Bilge Jeylanga nasib qildi. Uning “Qishki uyqu” (Winter’s Sleep) filmi hakamlar tomonidan yuqori baholandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Kventin Tarantino va Uma Turman Nuri Bilge Jeylanga “Oltin palma novdasi”ni topshirmoqda. Foto: EPA/IAN LANGSDON

Kventin Tarantino va Uma Turman Nuri Bilge Jeylanga “Oltin palma novdasi”ni topshirmoqda. Foto: EPA/IAN LANGSDON
Uch soatdan oshiq davomiylikka ega filmda keksa aktyor, uning rafiqasi va eridan ajrashgan singlisi hayoti hikoya qilinadi.

Festival gran-prisi esa italiyalik rejissor Aliche Rorvaxerga uning “Mo‘jiza” kartinasi uchun topshirildi.

Rossiyalik rejissor Andrey Zvyagensevning “Leviafan” kartinasi eng yaxshi ssenariy uchun mukofot olgan bo‘lsa, “Tulki ovchisi” filmi uchun amerikalik Bennet Miller eng yaxshi rejissor deb e’tirof etildi.

Julianna Mur (“Yulduzlar xaritasi”) va Timoti Spoll (“Mister Tyorner”) aktyorlar orasida eng yaxshilari deb tan olingan bo‘lsa, Party Girl filmi (Fransiya) tanlovdan tashqari dasturda “Oltin kamera” mukofotiga ega bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi