Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh, Rossiya va Avstraliya olimlari Quyosh tarkibidagidek gaz-chang bulutidan tashkil topgan yulduzni aniqlashdi. Ushbu kashfiyot haqida ular The Astrophysical Journal’da batafsil ma’lumot berishdi.

Foto: phys.org

Foto: phys.org

Yangi yulduz — HD 162826 Gerkules yulduzlar turkumida Quyoshdan 110 yorug‘lik yili masofasida joylashgan. U bizning Quyoshdan 15 foizga kattaroqdir.

Yulduzni oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi, biroq durbin bilan osongina  ilg‘ash mumkin. Olimlarning taxmin qilishicha, HD 162826 atrofida kichikroq yo‘ldoshlar ham bo‘lishi mumkin.

Quyoshning “aka-ukalari”ni topish maqsadida astronomlar 30 ta yulduzni tadqiq qilib, ulardagi kimyoviy unsurlarni tekshirdi va ularning orbital harakati parametrlarini o‘rgandi.

Olimlar o‘z tadqiqotlari natijasida Quyosh tizimiga o‘xshash tizimlarning shakllanish mexanizmi aniqlanishi, bu esa koinotda hayot bo‘lishi mumkin bo‘lgan hududlarni topishga yordam berishiga umid qilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Malika Diananing ko‘ylagi Sotheby’s auksionida rekord narxga sotildi
Moliya
O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingi yangilandi. Nimalar o‘zgardi?
Dunyo
Pokistonda masjiddagi portlash qurbonlari soni qariyb 60 kishiga yetdi (foto)