Janubiy Koreya mudofaa vazirligidagilarning aytishicha, Shimoliy Koreya “tez orada yo‘q bo‘lishi kerak”. Bu haqda Associated Press ma’lumotiga tayanib, Gazeta.ru xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, Shimoliy Koreyada barcha narsa faqat mamlakat yetakchisi Kim Chen In uchungina mavjud. Bundan tashqari, u yerda inson huquqlari va jamoatchilik erkinligi amal qilmaydi.
Hukumatning bunday bayonoti shu bilan bog‘liqki, yaqinda Vashington va Seul Pxenyanga sanksiyalarni kuchaytirish bilan tahdid qilgan, Pxenyan esa bunga javoban Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xeni “qari fohisha”, Barak Obamani esa “yovuz qora maymun” deb atagan edi.
Avvalroq Barak Obama Shimoliy Koreyaga nisbatan zaif “qochqin mamlakat” iborasini qo‘llagan, AQSh va Janubiy Koreya ittifoqini “har qachongidan kuchliroq” degan edi.
Izoh (0)