Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerika qo‘shma shtatlarida noodatiy tajriba boshlandi: olimlar xotirasini yo‘qotgan odamlarga uni tiklash imkonini beradigan qurilma yaratishga kirishdi. Mazkur loyihani mamlakat mudofaa vazirligi moliyalashtirmoqda, deb xabar beradi “Turkiston press”.

Foto: terapiotak4u.com

Foto: terapiotak4u.com

Xabarda ta’kidlanishicha, bu ishga qarshi chiqayotganlar ham yo‘q emas. Ular xotira bilan bog‘liq tajribalar o‘tkazishni ma’lum bir nasldagi odamlarni vujudga keltirishga urinish, deb baholamoqda.

Ushbu loyiha haqida ilk bor Texasdagi konferensiyada mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqotlar loyihalari boshqarmasining maxsus dasturi vakili Jastin Sanches so‘zlagan edi. U turli xil axborotlarni sanalar, nomlar va dalillarni o‘zlashtiradigan, ya’ni deklarativ xotirani tiklay oladigan neyroprotez qurilmalari yaratilganligini ma’lum qilgan edi. Jastin Sanches deklarativ xotirani tiklash mumkinligini bildirgan dunyodagi birinchi olim bo‘ldi.

Tadqiqotchilarning bayonotlariga ko‘ra, dastur eng avvalo, jarohatlanib, xotirasini yo‘qotgan harbiylarga yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi. Qurilma ularga o‘z qarindosh-urug‘lari va yaqinlarini eslashga ko‘maklashadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar