Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Google kompaniyasi Titan Aerospace — uchuvchisiz uchadigan moslamalar ishlab chiqaruvchisini sotib oldi. Mish-mishlarga ko‘ra, uni Facebook xarid qilish niyatida bo‘lgan. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.

Foto: titanaerospace.com 

Foto: titanaerospace.com 

Titan Aerospace’ning uchuvchisiz moslamalari quyosh energiyasida ishlaydi va havoda besh yilgacha qolishi mumkin. Kompaniya o‘z mahsulotlarining ilk nusxalarini o‘tgan yili namoyish etgan. Titan Aerospace vakillarining ta’kidlashicha, Solara 50 va Solara 60 orbita yo‘ldoshlari operatsiyalarining ko‘pchiligini bajara oladi.

Oldi-sotdi dushanba kuni nihoyasiga yetgan, biroq xarid summasi oshkor etilmayapti. Titan Aerospace’ning 20 nafar xodimi rasman Google jamoasiga qo‘shiladi, biroq yaqin kelajakda Nyu-Mexikoda ishlashda davom etadi.

Google X maxfiy laboratoriyasi o‘tgan yilning iyunida Project Loon loyihasi haqida ommaga ma’lum qilgan edi. Uning yordamida kompaniya butun sayyorani, shu jumladan qishloq joylar, cho‘llar, dengiz va boshqa olis hududlarni internet bilan ta’minlamoqchi.

Facebook ham o‘tgan oyda internetni hamma joyga birpasda tarqatish uchun uchuvchisiz uchadigan moslamalardan hamda bir nechta sun’iy yo‘ldoshlardan foydalanmoqchi ekani haqida xabar tarqatgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda qator yo‘l qoidabuzarliklarini qayd etuvchi yangicha kameralar sinovdan o‘tkazilmoqda
Mahalliy
Andijonda er 22 yoshli ayoli, uning onasi va ukasini o‘ldirgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
Mahalliy
Buxoroda 29 yoshli o‘g‘il onasini pichoqlab o‘ldirdi