Google o‘zining Glass “aqlli” ko‘zoynagi tarixida birinchi marta uni erkin sotuvga qo‘ymoqchi. Boshlanishi uchun Google Glass’ni faqat bir kun davomida xarid qilish mumkin bo‘ladi. Bu haqda “Vesti” nashri xabar berdi.
15-aprel kuni 18 yoshga to‘lgan (va hali kamchiliklari bo‘lgan qurilma uchun 1500 dollar to‘lashga tayyor) barcha AQSh fuqarolari Google Glass’ni sotib olish imkoniga ega bo‘ladi. Buning uchun maxsus taklifnoma talab qilinmaydi, faqat Google taqdim etgan link orqali ro‘yxatdan o‘tish kifoya.
Ta’kidlash joiz, shu paytgacha ko‘zoynakni Glass Explorer dasturi orqali maxsus taklifnomani qo‘lga kiritganlargina xarid qilishi mumkin edi.
Izoh (0)