Chili sohillarida 4-aprel kuni yana 6,2 magnitudali yerosti silkinishi kuzatildi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Geofizika xizmati Oltoy-Sayan bo‘limi xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Avval xabar berganimizdek, Chili shimolida 2-aprel kuni kuchi 8,2 magnitudaga teng, 3-aprelga o‘tar tunda esa 7,8 ballga teng yer silkinishi kuzatilgan edi. Ulardan birinchisida sunami xavfi mavjudligi sababli 900 ming kishi evakuatsiya qilingan edi. Bu ofat qurbonlari olti kishiga yetganligi xabar qilinmoqda, ikki kishi bedarak yo‘qolgan. Shuningdek, qo‘shni Peruda ham to‘qqiz kishi bu zilziladan jabrlangan.
Izoh (0)