Taʼmirlash ishlari tufayli Bektemir va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlariga 24-aprel kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.
Bektemir tumani (soat 10:00 dan 16:00 gacha):
- aholi isteʼmolchilar — “Oltintopgan” MFY Barkamol ko‘chasidagi 230 ta xonadon;
- ulgurji isteʼmolchilar — 16 ta.
Yangihayot tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha):
- aholi isteʼmolchilar — “Navqiron” MFY Sergeli 1-mavze ko‘p qavatli uylaridagi 178 ta xonadon;
- “Olchazor” MFY Lutfikor ko‘chasidagi 163 ta yerli xonadon;
- Ulgurji isteʼmolchilar — 4 ta.
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Shuningdek, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida 24-aprel kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Bektemir tumani — “Musaffo”, “Nurli yo‘l” hamda “Sohil” MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 13:00 gacha.
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.
Bundan oldin ham Toshkentning Bektemir, Mirobod hamda Olmazor tumanlarida “svet” vaqtincha o‘chirilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)