• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    O‘zbekiston byudjeti uchun og‘ir kelgan 2023-yil: hududlar daromad va xarajatlari qancha bo‘ldi?

    2023-yilda O‘zbekiston konsolidatsiyalashgan byudjeti daromadlari 321,0 trln so‘mga, xarajatlar 380,0 trln so‘mga yetdi. Bunda byudjet taqchilligi yuqori darajada o‘sib, qariyb 59 trln so‘mni (YIMga nisbatan 5,5 foiz) tashkil etdi. Bu avvalgi yillarga qaraganda mutlaq rekord hisoblanadi.

     

    Tabiiyki, umumiy defitsit yuqoriligida mahalliy byudjet tushumlari va chiqimlaridagi muvozanat buzilganining ham ulushi bor. 2023-yilda mahalliy byudjet daromadlari 55,7 trln so‘mni (2022-yilda 47,4 trln so‘m), xarajatlari 101,7 trln so‘mni (2022-yilda 88,8 trln so‘m) tashkil etgan. Bunda xarajatlar daromadlardan 46 trln so‘m ko‘p bo‘lgan va bu taqchillik respublika byudjetiga yuklamani oshirgan.

    Yil davomida hududlar mahalliy byudjetidan ijtimoiy sohaga 57,2 trln so‘m, iqtisodiy yo‘nalishga 15,4 trln so‘m, investitsiyalarga 18,2 trln so‘m, davlat hokimiyati va boshqaruvi uchun 8,2 trln so‘mlik xarajatlar amalga oshirilgan.

    Hududlar kesimida Toshkent shahrining yillik daromadi 8,2 trln so‘m, xarajatlari 10,3 trln so‘m bo‘lib (byudjet taqchilligi 2,1 trln so‘m), tushum va chiqimlarda bo‘yicha boshqa hududlarga qaraganda eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan. Qolgan hududlarga nisbatan eng kam daromad (1,4 trln so‘m) va xarajatlar (3,1 trln so‘m) Sirdaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri kelgan.

    Farg‘ona viloyati byudjetining o‘tgan yildagi daromadlari 5,2 trln so‘mga, xarajatlari 9,9 trln so‘mga yetgan. Bunda hudud byudjetining taqchilligi 4,7 trln so‘m bo‘lgan.

    2023-yilda Samarqand viloyati daromadlari 5,1 trln so‘m, xarajatlari 8,8 trln so‘m (byudjet taqchilligi 3,7 trln so‘m), Qashqadaryo viloyati daromadlari 4,6 trln so‘m, xarajatlari 10,5 trln so‘m (taqchillik 5,9 trln so‘m) bo‘lgan. Qashqadaryo byudjetining taqchilligi yil hisobida boshqa hududlarga qaraganda eng yuqori darajada qayd etilgan. 

    Andijon viloyatining yillik mahalliy byudjet daromadlari 3,9 trln so‘m so‘mni, xarajatlari 8,2 trln so‘mni tashkil etgan. Yuzaga kelgan 4,3 trln so‘m moliyaviy taqchillik respublika byudjetidan qoplangan.

    Namangan viloyati daromadlari 3,9 trln so‘m, xarajatlari 8,1 trln so‘m (taqchillik 4,2 trln so‘m), Toshkent viloyati daromadlari 6 trln so‘m, xarajatlari 7,8 trln so‘m ( taqchillik 1,8 trln so‘m) bo‘lgan.

    Buxoro viloyati daromadlari 3,9 trln so‘m, xarajatlari 6 trln so‘m, Surxondaryo viloyati tushumlari 3 trln so‘m, xarajatlari 7,9 trln so‘mni tashkil etgan.

    Shu bilan birga, Jizzax viloyatining daromadlari 2,2 trln so‘m, xarajatlari 4,6 trln so‘m, Xorazm viloyati tushumlari 2,7 trln so‘m, chiqimlari 5,6 trln so‘m bo‘lgan.

    Navoiy viloyati daromadlari 3 trln so‘m, xarajatlari 4 trln so‘m, Qoraqalpog‘iston respublikasi daromadlari 2,8 trln so‘m, xarajatlari 6,8 trln so‘mni tashkil etgan.

    Maʼlumot uchun, 2022-yildagi konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligi (-35,2 trillion so‘m) tashqi va ichki kreditlar olish, davlat aktivlarini xususiylashtirish va davlat g‘azna obligatsiyalarini chiqarish hisobidan qoplangandi.

    2024-yil uchun tasdiqlangan byudjet qonuniga ko‘ra, joriy yilda mamlakatning konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 375 trillion so‘mni, xarajatlari 427, 6 trillion so‘mni tashkil etishi prognoz qilingan. Bunda byudjet taqchilligi 52 trillion so‘mdan ortishi kutilmoqda.

    03.04.2024, 19:50   Izoh (0)   17767
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda inflyatsiya yana pasaydi. Oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar narxlari qanday o‘zgardi? 

    01.04.2024, 11:17

    O‘zbekiston byudjeti taqchilligi rekord darajada ortdi. Nimalarga ko‘p xarajat qilingan? 

    01.04.2024, 20:30

    O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqalar uchun yillik to‘lov miqdori maʼlum qilindi

    02.04.2024, 12:12

    O‘zbekiston byudjetidan qaysi sohaga eng ko‘p subsidiyalar ajratilayotgani maʼlum bo‘ldi

    02.04.2024, 19:00

    Toshkent shahar hokimligini qo‘riqlash uchun 3,3 milliard so‘m sarflanadi

    03.04.2024, 13:42

    Oltin sotuvi O‘zbekiston eksportida katta ulushni egallashda davom etmoqda

    29.03.2024, 12:25
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bishkekdagi bar egasi qanday qilib Pentagon bilan 7 mlrd dollarlik shartnoma tuzgani haqida

    Dunyo | 31 may, 10:15

    Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dorilar savdoga chiqarilishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 31 may, 09:56

    4-iyundan boshlab AQSHdan po‘lat va alyuminiy importiga 50 foizlik bojlar kuchga kiradi

    Dunyo | 31 may, 09:23

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.