Visa Kapitalbank karta egalari O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirok etadigan 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatining saralash o‘yinlariga chipta yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Jamoamiz 20-mart kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Aksiyaning birinchi bosqichida 10 ta chipta o‘ynaladi, lekin oldinda jahon futbol birinchiligiga bag‘ishlangan yana ikkita bosqich bor.
Yutuqli o‘yinda qatnashish uchun 7-martdan 13-martgacha bo‘lgan davrda Visa Kapitalbank (so‘m yoki valyuta) kartasi orqali 200 000 so‘m yoki 20 AQSH dollari miqdorida tovarlar yoki xizmatlar uchun to‘lov qilish yetarli. O‘yinda 18 yoshdan oshgan O‘zbekiston fuqarolari (soliq rezidentlari) ishtirok etishi mumkin.
- Birinchi bosqich g‘oliblari 15-mart kuni tasodifiy sonlar generatori yordamida aniqlanadi.
- Ikkinchi bosqich 14-mart kuni boshlanib, bir yo‘la ikkita sovrin taklif etiladi.
Bosh sovrin - O‘zbekiston milliy terma jamoasi BAA terma jamoasi bilan uchrashuvini tomosha qilish uchun Abu-Dabiga ikki kishilik sayohat yo‘llanmasi. Yana 10 nafar ishtirokchi esa terma jamoamizning Qatarga qarshi o‘z maydonida o‘tkaziladigan o‘yiniga chipta yutib olish imkoniyatini qo‘lga kiritishi mumkin.
- Uchinchi bosqich tafsilotlari, shu jumladan, bosh sovrin haqida Chempionat saralash o‘yinlari yakunlanganidan so‘ng e’lon qilinadi.
Kapitalbankning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida yangilanishlarni kuzatib boring.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)