Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanida yashovchi 29 yoshli Sh.I. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, Guli ismli ayol uning sir saqlanishi lozim bo‘lgan maʼlumotlarini oshkor qilish bilan qo‘rqitib, undan pul talab qilayotganligini maʼlum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumnida yashovchi 31 yoshli (ayol) T.S. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan T.S. jabrlanuvchi Sh.I. bilan Telegram orqali ishqiy yozishmalarni amalga oshirishi davomida unga bir nechta sir saqlanishi lozim bo‘lgan shaxsiy fotosurat va videolarni yuborgan, maʼlum vaqt o‘tgach T.S. ushbu fotosurat va videolarni internet orqali tarqatib, uni sharmanda qilishini aytib, fotosurat va videolarni tarqatmaslik evaziga pul talab qilayotganligini maʼlum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan JKning 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, T.S.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)