Istanbul sudi shahar markazidagi Istiqlol ko‘chasida sodir etilgan terakt aybdoriga hukm chiqardi. Asosiy aybdor deya baholangan suriyalik ayol Ahlam Albashirga jami 1794 yil — yetti karra umrbod qamoq jazosi berildi.
Bundan tashqari, terakt ishi bo‘yicha yana 36 nafar shaxsga hukm chiqarilgan.
Xabar qilinishicha, prokuror Ahlam Albashirga 3009 yillik qamoq jazosini so‘ragan, biroq sudya jazoni bir oz “yumshatishga” qaror qilgan.
Terakt 2022-yilning 13-noyabr kuni Istanbul markazidagi gavjum Istiqlol ko‘chasida sodir etilgandi. Oqibatda olti kishi halok bo‘ldi, 81 kishi yaralandi. Mamlakat rasmiylari hodisani terakt sifatida baholagan.
Mamlakat Ichki ishlar vazirligi portlash ortida Turkiyada terrorchi tashkilot deb tan olingan Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) tarafdorlari turganini aytgan.
Izoh (0)