Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida 59 yoshli erkak itlar hujumidan so‘ng vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Poytaxt hokimligi buni rad etdi.

Xabarda ma’lum qilinishicha, bugun, 3-mart kuni, Qoraqamish mavzesining 2/4-kvartalida yashovchi 1966-yilda tug‘ilgan erkak vafot etgan bo‘lib, uning o‘limiga egasiz itlar hujumi emas, balki o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.
“Tarqalayotgan mish-mishlarning aksiga o‘laroq, hech qanday itlar hujumi sodir bo‘lmagan. Shahar aholisini vahimaga tushmaslikka va noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqiramiz”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.
1-mart kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uylarning biridagi xonadonda chaqnash sodir bo‘lgani ortidan 2 kishi vafot etgandi.
Izoh (0)