• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Egasiz ayollar migrant bo‘ladi” — “Rakurs” podkastining navbatdagi suhbatdoshi 16 yildan beri muhojirlikda yashayotgan jurnalist Sohiba Hayot

    “Rakurs” podkastining navbatdagi sonida xalqaro jurnalist Sohiba Hayot mehmon bo‘ldi. U bilan migrant ayollar va ular duch keladigan qiyinchiliklar haqida suhbatlashildi. Podkast davomida u jurnalistikadan ketib migrantlikni tanlashga majbur bo‘lgani, ayollarning taʼqiblarga uchrashi va viza olish umidida xorijlik erkaklarga turmushga chiqayotgan hamyurtlarimiz haqida gapirdi.

    “Jurnalistikadan ketishga majbur bo‘lganman”

    — Universitetni tamomlagach, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qarashli “Vaziyat” gazetasida ish boshlaganman. Oila qurib, bir o‘g‘lim bilan ajrashganman. O‘zbek jamiyatida negadir farzand faqat ona bilan qoladi va uning bor masʼuliyati faqat unga tegishli degan qarash bor. Farzandimni boqish va ehtiyojlarini qondirish uchun 3-4 joyda ishlashimga to‘g‘ri kelgan. Toshkentda ijarada yashardik va kam oylikni yetkazish juda qiyin edi. Yetti yil davomida hammasidan charchadim, chunki yolg‘iz onaga kam oylik evaziga ko‘p ish qilish juda qiyin. Jurnalist maoshiga uy olib bo‘lmasligini tushunganimdan keyin, muhojirlikka ketishga qaror qilganman, deydi Sohiba Hayot.

    “Egasiz ayollar migrant bo‘ladi”

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    — Egasiz ayollargina migrantlikka rozi bo‘ladi. Chunki oilasini, yurtini tashlab, ish izlab ketishiga egasi yo‘l qo‘ymaydi. Egasi deganda faqat turmush o‘rtog‘ini tushunmaslik kerak. Ayolning oilasi buzilgan bo‘lishi mumkin, ammo uning aka-ukasi, qon-qarindoshi yo‘qmi? Nahotki, moddiy yordam berolmagan taqdirda ham ruhan qo‘llab-quvvatlab, uni o‘z yurtida olib qolishga harakat qilishmasa? Chet elga chiqib ishlash qanchalar qiyinligini muhojirlik nonini totgan insonlar yaxshi bilishadi. Qiyinchilik har qanday yurtda bo‘ladi, ammo hamma ham muhojirlikni tanlayotgani yo‘q-ku?! Nazarimda bu yo‘lni tanlaganlar dilida xafaligi bor insonlar, ular ketib hammasini qaytadan boshlashga umid qilishadi. Afsuski, hamma yerda ham muhojirni iliq qarshi olishmaydi, u uchraydigan qiyinchiliklarni so‘z bilan taʼriflab bo‘lmaydi.

    Masalan, men ham Rossiyada ancha yil o‘z soham bo‘yicha ishlolmaganman. Oliy maʼlumotli bo‘lishimga qaramay, hamma migrantlar singari oshxonada ishlashdan boshlaganman. Undan keyin uy xizmatchiligini ham qilganman. Hojatxona tozalab o‘tirganimda yig‘lab yuborganman, nahotki shu ishni qilish uchun besh yil o‘qigan bo‘lsam degandim, deydi Sohiba Hayot.

    “Zo‘rlangan, tahqirlangan ham ayol”

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    — Ishlab kichkina noutbuk olganman. Rossiyadagi o‘zbeklarning ko‘pchiligi rus tilini bilmaydi, qonunlarni ham tushunmaydi. Kasbimga sadoqatim sabab oshxonada ishlasam ham ijtimoiy tarmoqlarga migrantlar uchun kerakli maʼlumotlarni ulashib borardim. Keyinchalik qiyin vaziyatga tushib qolgan ayollar ham yordam so‘rab murojaat qilishni boshlashdi. Shunaqa voqealarni eshitdimki, bu ishni nahotki inson qilgan bo‘lsa dedim. Dala hovlida tozalash ishlari borligi haqida yozishadi, agar muhojir ayol borsa, qorovuli uni tahqirlaydi, zo‘rlaydi. Eng alam qiladigani o‘sha qorovulning o‘zi ham muhojir, u o‘z yurtida onasi tengi ayolga bunday munosabatda bo‘lmaydi. Til bilmaslik, qonunlarni tushunmaslik, nolegal yoki andishaning kuchli ekanligi sabab aksariyat ayollar tegishli tashkilotlarga ham murojaat qilolmaydi, deydi Sohiba Hayot.

    Quyidagi havola orqali YouTube’dagi “Daryo media” kanaliga tashrif buyurishingizni va podkastni to‘liq tomosha qilishingizni tavsiya qilamiz.

    18 avgust, 21:35   Izoh (0)   3217
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Uzbekistan Airports bodi-kameralar xaridi yuzasidan tender natijalari bekor qilinganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:59

    O‘zbekistonga benzin necha puldan import qilinadi?

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:22

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.