• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo Layfstayl

    AQSHda o‘zini Xudoning elchisi deb tanishtirgan firibgarlar 91 yoshli erkakni 60 mln dollarga chuv tushirdi

    AQSHda Pizza Hut franshizasining sobiq egasi o‘zini Xudoning elchisi deb tanishtirgan firibgarlarga 60 million dollardan ortiq pul berdi. Bu haqda New York Post xabar qilmoqda.

    Foto: NYP

    Ma'lum qilinishicha, Oklaxoma federal sudiga 91 yoshli “taqvodor xristian” va sobiq tadbirkor Jin Biknellni diniy usullar bilan aldab, o‘zlarini Xudoning elchilari sifatida ko‘rsatib, 60 million dollarga chuv tushurganlar haqida da’vo arizasi topshirilgan.

    Nashrning yozishicha, Floridada istiqomat qilgan Biknell Oklaxoma shtatining Vinita shahrida joylashgan American Heartland mavzuli bog‘i loyihasi bilan bog‘liq keng ko‘lamli firibgarlik sxemasiga aralashgan. Disneylendga raqobatchi sifatida mo‘ljallangan loyiha amalga oshmagan. Zamonaviy akvapark, mehmonxona va kempingga ega bo‘lishi kerak bo‘lgan bog‘ o‘rniga faqat shag‘al yo‘l va devor paydo bo‘lgan.

    Da’vogarning ta’kidlashicha, firibgarlik bir necha yil davomida “ilohiy vahiylar” niqobi ostida amalga oshirilgan. Ishning asosiy aybdorlari sifatida Missuridan kelgan voiz Larri Uilhayt, shuningdek, tadbirkorlar Richard Silanskas va Stiven Xedrik ko‘rsatilgan. Ular Biknellga go‘yoki Xudodan kelgan elektron xabarlar yuborish orqali “ruhiy ta’sir o‘tkazish”da ayblanmoqda.

    Foto: NYP

    Sud hujjatlarida aytilishicha, jinoyatchilar “Biknellni Xudoning irodasini bajarayotganiga ishontirgan” va uni yer sotib olish hamda loyihani rivojlantirish uchun millionlab sarmoya kiritishga undagan. Pizza Hut franshizasining sobiq egasi, kamtar oiladan chiqqan Biknell bog‘ning ilohiy vazifasiga ishonib, unga butun mol-mulkini sarflagan.

    Biroq, da’vo arizasida ta’kidlanishicha, mablag‘lar maqsadsiz ishlatilgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, pullarning bir qismi ayblanuvchilar va ularning oila a’zolarining shaxsiy ehtiyojlariga sarflangan. Natijada, bir necha yil ichida loyiha dastlabki yer qazish ishlaridan nariga o‘tmagan.

    Biknellning advokatlari firibgarlik sxemasi uning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazganini ta’kidlamoqda. Keksa erkak insult o‘tkazgan, shuningdek, unga og‘ir ruhiy buzilish tashxisi qo‘yilgan.

    Da’vogar sud hay’ati tayinlanishini va miqdori ko‘rsatilmagan zarar qoplanishini talab qilmoqda.

    7 avgust, 20:49   Izoh (0)   3852
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #AQSH#firibgarlar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Norvegiyada besh kun oziq-ovqatsiz muzlikda qolib ketgan amerikalik eko-jurnalist qutqarildi

    Dunyo | 9 avgust, 11:55

    O‘zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov ehtimoliy raqibi kim bo‘lishini aytdi

    Sport | 9 avgust, 11:25

    Grenada Buyuk Britaniya qiroliga sodiqlik qasamyodidan voz kechdi

    Dunyo | 9 avgust, 11:20

    “Qizil iplar”: ijtimoiy tarmoqlarni “portlatgan” yana bir koreys doramasi haqida

    Kino | 9 avgust, 11:00

    Keniyada avtohalokatda 25 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 9 avgust, 10:40

    O‘zbekistonda va Rossiyada xalqaro terrorchilik tashkilotining “g‘oyabozlari” qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 10:25

    “Tottenhem” Rafael Leau uchun 100 mln yevro to‘laydi

    Sport | 9 avgust, 10:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.