Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 8-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 90,78 so‘mga ko‘tarilib, 12 593,77 so‘m bo‘ldi;
- yevro 213,48 so‘mga oshib, 14 698,19 so‘m bo‘ldi;
- rubl 2,55 so‘mga ko‘tarilib, 158,49 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket uch kun pastlab, 12 502,99 so‘m bo‘lgandi. Rubl ham tushib, yevro ko‘tarilgandi. O‘zbekistonda dollar rasmiy kursining yil boshidan buyon eng past qiymati 24-iyunda 12 410,99 so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, iyun oyida o‘zbekistonliklar tarixda ilk bor rekord qiymatdagi dollar sotib oldi. 2025-yil aprelida aholining banklarga dollar sotishi, may oyidan AQSH valyutasini sotib olishi rekord darajada orta boshladi.
Iyun oyida tarixda birinchi marta fuqarolar banklardan 1 milliard dollardan ziyod (1,1 milliard dollar) xorijiy valyuta xarid qildi. Taqqoslash uchun, 2024-yil iyunida 697 million dollar sotib olingan.
Izoh (0)