Joriy yilning 20-avgust sanasidan boshlab 1-kursga talabalikka tavsiya etilganlar uchun talabalar turar joylariga arizalar qabuli ochildi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar qildi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, ayni paytda talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari o‘z yakuniga yetgan.
1-kurs talabalari davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.
1-avgust sanasidan boshlab yuqori bosqich talabalaridan yotoqxonalar uchun arizalar qabuli boshlangan edi.
Izoh (0)