Ukrainada uch yillik urush davomida 1,7 million nafar kishi halok bo‘lgan va bedarak yo‘qolgan. Ushbu ma’lumot Rossiya va Ukraina xakerlari tomonidan aniqlandi, deya xabar bermoqda Mash Telegram kanali xabar bermoqda.

Xakerlar logistika bo‘limi rahbarining kompyuteri orqali Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabining ma’lumotlar bazasiga kirishga erishgan.
Ukraina qo‘shinlarining raqamli kartotekasiga ko‘ra, uch yillik mojaro davomida Ukraina armiyasi halok bo‘lgan va bedarak yo‘qolgan 1 721 000 kishini yo‘qotgan. Bosh shtab ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda - 118,5 ming, 2023-yilda - 405,4 ming, o‘tgan yili - 595 ming, joriy yilda esa eng ko‘p 621 ming yo‘qotishlar qayd etilgan.
Ma’lumotlar bazasidagi barcha fayllar shaxsiy ma’lumotlarni, halok bo‘lish va bedarak yo‘qolish holatlari hamda joylarining tavsifini, yaqin qarindoshlarning aloqa ma’lumotlarini, shuningdek, fotosuratlarni o‘z ichiga oladi.
“Ma’lumotlar Killnet, Palach Pro, User Sec, Beregini xakerlari tomonidan Ukraina bosh shtabi xodimlarining shaxsiy kompyuterlari va mahalliy tarmog‘iga keng qamrovli kirib borish natijasida qo‘lga kiritilgan”, deyiladi xabarda.
Aniqlanishicha, xakerlar Ukraina bosh shtabi xodimlarining qurilmalariga yangi “Nyuans” virusini yuqtirgan. U faqat Ukrainada ishlaydi, qurilmani zararlaydi, ma’lumotlarni yuklab oladi va uni tiklash imkonisiz bloklaydi.
Joriy yilning avgust oyi boshida britaniyalik jurnalist Uorren Tornton mojaro boshlanganidan beri Ukraina tomoni ikki millionga yaqin harbiyni yo‘qotganini ma’lum qilgandi.
Fevral oyida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaga qarshi urushda 45 100 ga yaqin ukrainalik harbiy xizmatchi halok bo‘lganini ma`lum qilgandi. Bundan tashqari, Ukraina himoyachilarining 390 mingga yaqin yaralanish holati qayd etilganini bildirilgandi.
Izoh (0)