• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12466.44
    • RUB155.42
    • EUR14517.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Vashingtondagi muzokarada Vladimir Zelenskiyga nimalar va’da qilindi?

    Kecha, 18-avgust kuni AQSH prezidenti Donald Tramp Vladimir Zelenskiy va yevropalik yetakchilar bilan muzokaralar yakunida Rossiya va Ukraina yetakchilarining shaxsiy uchrashuviga tayyorgarlik boshlanishini e’lon qildi. Reuters agentligining manbasiga ko‘ra, uchrashuv Vengriyaning poytaxti Budapeshtda o‘tishi mumkin.

    Shu bilan birga, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron uchrashuv o‘tkaziladigan joy sifatida Jenevani taklif qildi. Germaniya kansleri Fridrix Mertsning aytishicha, Tramp Rossiya prezidenti bilan telefon orqali suhbatda Putin va Zelenskiyning uchrashuvi keyingi ikki hafta ichida bo‘lib o‘tishi haqida kelishib olgan. Hozircha Rossiya yetakchisining Zelenskiy bilan uchrashuvga jur’ati yetadimi yoki yo‘q — noma’lum.

    Foto:
    Foto: Reuters

    Qayd etilishicha, Kreml Putinning Ukraina prezidenti bilan uchrashuvga tayyorligini rasman tasdiqlamagan. Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov Putin va Tramp telefon orqali suhbatda Ukraina bilan muzokaralarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazish masalasini muhokama qilganini tasdiqlagan.

    Muhokamalardagi asosiy masalalardan biri Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari berilishi bo‘ldi. Zelenskiy uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida xavfsizlik kafolati nimalardan iborat bo‘lishini aniqlashtirdi. Bular: mamlakatning kuchli armiyasi, AQSHdan qurol xarid qilish bo‘yicha kelishuv va uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarishdir.

    Sammitdan oldin Financial Times gazetasi Kiyev Yevropa davlatlari mablag‘lari hisobidan AQSHdan 100 milliard dollarlik qurol import qilishi haqida yozgandi. Ukraina yetakchisi ham bu xabarni tasdiqlab, Kiyev va Yevropa davlatlari o‘rtasida 90 milliard dollarlik kelishuv borligini aytdi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina uchun xavfsizlik kafolati AQSH va Yevropaning muvofiqlashtirilgan harakatlari asosida tatbiq etiladi. Biroq jarayonda Amerikaning qanday rol o‘ynashi hali aniq emas.

    The Wall Street Journal nashri yevropalik amaldorlarga tayangan holda, xavfsizlik kafolatlari to‘rt elementdan iborat bo‘lishini yozdi: harbiy mavjudlik, havo hujumidan mudofaa, qurollar va jangovar harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha monitoring. AQSH va Yevropada tinchlikparvar kuchlarni yubormasdan turib, Ukrainaga qanday harbiy yordam ko‘rsatish mumkinligi bo‘yicha turli variantlar mavjud.

    Bloomberg manbalariga ko‘ra, xavfsizlik kafolatlari Ukrainaning qurolli kuchlari va uning imkoniyatlarini hech qanday to‘siqsiz mustahkamlaydi. Nashr Rossiya o‘zining tinchlik takliflarida Ukraina qurolli kuchlari sonini cheklashni talab qilganini eslatib o‘tgan.

    WSJ nashrining ta’kidlashicha, AQSH davlat kotibi Marko Rubio xavfsizlik kafolatlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilar va NATO vakillaridan iborat ishchi guruhga rahbarlik qiladi. NATO bosh kotibi Mark Ryuttening so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik kafolatlari konsepsiyasi ustida Yaponiya va Avstraliyani ham o‘z ichiga olgan 30 davlatdan iborat guruh ishlamoqda.

    WSJ nashrining iddaosicha, Oq uydagi asosiy kelishmovchilik hududlar almashinuvi masalasi ustida bo‘lgan. Zelenskiy almashish masalasini ko‘rib chiqishni darhol rad etmagan. Biroq Rossiya ilgari surayotgan hududlar almashinuvini amalga oshirish uchun Ukraina konstitutsiyasini chetlab o‘tish qiyin bo‘lishini aytgan. Shu bilan birga, u proporsional almashinuv variantini ko‘rib chiqishga tayyor ekanini bildirgan. Bu nimani anglatishi esa hozircha noma’lum.

    Yevropa mamlakatlari yetakchilari hududlar haqida suhbatda Putinning da’volari miqyosini Trampga tushuntirishga urinishgan. Yevropa yetakchilari Kremlning Donbassni so‘rashini Trampning tug‘ilib o‘sgan shtati Floridani Rossiyaga berib yuborishga qiyoslashdi.

    Yevropa yetakchilari esa hozircha Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida faqat umumiy so‘zlar bilan fikr bildirishdi.

    19 avgust, 18:25   Izoh (0)   2171
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonning ikki tumani “Tashabbusli byudjet”da ovoz bermaydi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 00:07

    Xitoy va amerikalik olimlar binolarni sovitadigan sement ishlab chiqdi

    Dunyo | 21 avgust, 23:50

    O‘zbekistonda ayollar rahbarlik qiluvchi kichik korxona va firmalar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 21 avgust, 23:40

    Daniya kitobxonlikni rivojlantirish uchun kitoblarga qo‘yilgan 25 foizlik soliqni bekor qiladi

    Dunyo | 21 avgust, 23:30

    Yetti oylik inflyatsiya darajasi 4 foizni tashkil etdi — Statqo‘m

    Iqtisodiyot | 21 avgust, 23:20

    DeepSeek sun’iy intellekti yangilangan modelini taqdim etdi

    Dunyo | 21 avgust, 23:10

    AQSHda mexanik 10 yil oldin yo‘qolgan hamyonni kapot ostidan topib, egasiga qaytardi

    Dunyo | 21 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.