• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12547.38
    • RUB157.02
    • EUR14665.38
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    Bolalar yerto‘lada yashirilgan: Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berilgan xonadonlar aniqlandi (video)

    Toshkent shahrida bolalarga noqonuniy diniy ta’lim bergan yana bir shaxs aniqlanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Videodan kadr

    Ma’lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan shaxs Olmazor tumanining “Jiydali” MFYda vaqtincha istiqomat qilayotgan xonadonda 2025-yilning may oyidan buyon yoshlarning 15 nafariga noqonuniy diniy ta’lim bergan va buning evaziga har biridan 150 dollardan pul olib keladi.

    Aniqlanishicha, respublikaning turli hududlaridan kelgan, 2004—2014-yillar oralig‘ida tug‘ilgan bu “ilm izlovchilar”ning 11 nafari voyaga yetmagan bo‘lib, ular orasida 3 yildan buyon maktabga bormayotgan o‘quvchi ham bor.

    Xuddi shu mahallada ijaraga olingan yana bir xonadonda ham poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi, 1977-yilda tug‘ilgan shaxs joriy yilning iyun oyidan buyon  10 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim berib, evaziga har biridan 100 dollar hamda yegulik uchun oziq-ovqat mahsulotlarini talab qilgan.

    Huquq tartibot organlari tomonidan xonadonda tekshiruvlar o‘tkazilishi ehtimolini hisobga olib, bolalarni yashirish uchun qo‘lbola yerto‘la qurdirgan. Mazkur yerto‘la, ya’ni “quduq” temir qopqoq bilan yopilib, tosh va qum bilan berkitilgan. Bu bilan u bolalarning hayoti xavf ostiga qo‘yilgan.

    Har ikki holat bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor sud o‘tkazilib, ushbu shaxslar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-moddasi (diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish) asosida javobgarlikka tortildi. Ushbu moddaga ko‘ra, maxsus diniy ma’lumoti bo‘lmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy ta’limotdan saboq berish, xuddi, shuningdek, xususiy tartibda diniy ta’limotdan saboq berish BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

    Yuqoridagi shaxslar noqonuniy diniy ta’lim berishda maxsus gologrammaga ega bo‘lmagan, norasmiy shaklda chop etilgan mavzuga oid adabiyotlar va turli qo‘lyozmalardan foydalangani aniqlangan. Mazkur yo‘nalishda Farg‘ona viloyatida olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida diniy mazmundagi shunday materiallar noqonuniy ravishda tayyorlab kelingani fosh bo‘lgan.

    Buvayda tumanida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro yashash xonadoni va o‘ziga tegishli umumiy ovqatlanish shoxobchasida bosmaxona tashkil qilib, diniy mazmundagi kitoblarni chop etish bilan shug‘ullangan. U mazkur kitoblarni Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlaridagi kitob do‘konlariga yetkazib bergan. 

    Foto: Videodan kadr

    O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida kelgusida sotish maqsadida tayyorlab qo‘yilgan 1210 dona kitob, 2000 dona yarim tayyor holatga keltirilgan bosma mahsuloti hamda 6 ta chop etish dastgohlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

    Ushbu shaxs 2024-yilning iyul oyida muqaddam diniy mazmundagi kitoblarni qonunga xilof ravishda chop etgani uchun jarimaga tortilgan bo‘lsa-da, yana noqonuniy harakatlarini davom ettirgan.

    Hozirda mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    DXX Surxondaryo viloyati Boysun tumanida hujra tashkil qilib, bolalarni qiynoqqa solib kelgan yigit qo‘lga olinganini ham xabar qilgandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda qamoqqa olingan. Farg‘ona viloyatining Yozyovon, Qo‘shtepa, Dang‘ara, Farg‘ona tumanlarida ham bolalarga hujra sharoitida noqonuniy diniy saboq berganlar qo‘lga tushgandi. 

    3 avgust, 11:42   Izoh (0)   2054
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi Mangal fest’da bir guruh kishilar o‘zaro do‘pposlashdi

    3 avgust, 10:35

    Sirdaryoda yong‘in va portlash xavfi sabab 4 ta zapravka vaqtincha yopildi

    3 avgust, 09:48

    Andijonda o‘qituvchilar maktabni taʼmirlashga jalb qilingani nazoratga olindi

    3 avgust, 08:42

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    2 avgust, 23:16

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    2 avgust, 22:00
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Egasiz ayollar migrant bo‘ladi” — “Rakurs” podkastining navbatdagi suhbatdoshi 16 yildan beri muhojirlikda yashayotgan jurnalist Sohiba Hayot

    18 avgust, 21:35

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Chexiya Yevropa Ittifoqida tezlikni 150 km/soatgacha cheklaydigan birinchi davlatga aylanishi mumkin

    Dunyo | 18 avgust, 22:35

    Xabi Alonso Rodrigoning kelajagiga oydinlik kiritdi

    Sport | 18 avgust, 22:30

    Alyaskada Putin samolyotiga naqd pul evaziga yonilg‘i quyishga majbur bo‘lindi

    Dunyo | 18 avgust, 22:25

    “Netanyaxuga abadiy urush kerak”: Isroildagi namoyishlar fonida bosh vazir qattiq tanqidlarga uchradi

    Dunyo | 18 avgust, 22:15

    Ayrim korxonalar to‘liq quvvatda ishlashiga gaz va elektr uzilishlari to‘siq bo‘lmoqda — Markaziy bank

    Iqtisodiyot | 18 avgust, 22:05

    Tramp Putin va Zelenskiy uchrashuvining tinchlikka yo‘l ochishi mumkinligini ta’kidlamoqda — Axios

    Dunyo | 18 avgust, 21:50

    “Egasiz ayollar migrant bo‘ladi” — “Rakurs” podkastining navbatdagi suhbatdoshi 16 yildan beri muhojirlikda yashayotgan jurnalist Sohiba Hayot

    O‘zbekiston | 18 avgust, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.