Mahoratli bastakor Musaxon Nurmatov uzoq davom etgan xastalik sabab 56 yoshida olamdan ko‘z yumdi. Bu haqda o‘g‘li Yusufxon Nurmatov ma’lum qildi.
Bastakor faoliyati davomida Ozodbek Nazarbekov, Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayev, Abdurashid Yo‘ldoshev, Bahrom Nazarov, Mansurxon va Yusufxon Nurmatov kabi ko‘plab sanʼatkorlar bilan hamkorlik qilgan.
So‘nggi yillarda esa ijodkorning g‘oyasi va prodyusserligida “Jurnalist” va “Qodirxon” kabi seriallar suratga olindi.
Izoh (0)