AQSH prezidenti Donald Tramp Oq uydagi uchrashuvda Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubbni tanimadi, shuningdek, Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayenni tahqirladi. Bu haqda Norvegiyaning Steigan gazetasi yozmoqda.

“Tafsilotlarga kirishning o‘zi befoyda, ammo uchrashuvda ko‘plab mayda kamsituvchi holatlar yuz berdi. Tramp Finlyandiya prezidentini aniq tanimaganidan (u to‘g‘risida o‘tirgan bo‘lsa-da, uni topa olmagan) tortib, rossiyaliklar tomonidan ukrainalik bolalarning o‘g‘irlanishi haqida oldindan tayyorlangan jumla bilan kelgan Ursulani tahqirlaganigacha”, deya xabar qilmoqda nashr.
Ta’kidlanishicha, Tramp Ursula fon der Lyayenni ular boshqa narsa, ya’ni “bu yerda targ‘ibot o‘rinsiz va keraksiz” ekanligi haqida gaplashish uchun uchrashganini aytib, “jim qilgan”.
Steigan’ning yana yozishicha, Tramp yevropalik elchilarning birortasini ham kelganida shaxsan kutib olmagan.
18-avgust kuni Oq uyda AQSH va Ukraina prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Zelenskiyning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Undan so‘ng Tramp Yevropa rahbarlarini qabul qildi. Uchrashuv Trampning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Alyaskada o‘tkazgan muzokaralaridan bir necha kun o‘tib sodir bo‘ldi. Oq uy rahbari Kiyev va Yevropa bilan Ukrainadagi mojaroni hal qilish variantlarini, shuningdek, AQSH-Rossiya-Ukraina uch tomonlama sammitini o‘tkazish imkoniyatini muhokama qildi. Keyinchalik Tramp vositachiligida Putin va Zelenskiy uchrashuvi tashkil etilishi kutilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Vashingtonda Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari muhokama qilingan. Tramp AQSHning ularni ta’minlashda yordam berishiga ishonch bildirdi, biroq asosiy mas’uliyat Yevropa davlatlari zimmasiga tushishi kerakligini ta’kidladi. Yevropa Ittifoqi rahbarlari Kiyevning NATOga a’zo bo‘lishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan jamoaviy kafolatlar g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi.
Izoh (0)