Samolyotlarda 2026-yildan yo‘lovchilarga turib ketish imkonini beruvchi o‘rindiqlar o‘rnatilishi kutilmoqda. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Yangilik Aviointeriors kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan va u yo‘lovchi sig‘imini 20 foizga oshiradi. Tik o‘rindiqlar Skyrider 2.0 deb nomlanadi. U Gamburgdagi Aircraft Interiors Expo 2018 ko‘rgazmasida taqdim etilgandi. Aviakompaniyalar bu yangilikni 2026-yildan samolyotlarga tatbiq etishi kutilmoqda.

Ot egariga o‘xshash o‘rindiqlar 2010-yilda ommaga taqdim etilgan. Yangi o‘rindiqlar esa uning takomillashtirilgan versiyasi hisoblanadi. Skyrider 2.0 oldingi versiyaga qaraganda mustahkamroq bo‘lib, har bir qatorni shift va pol bilan bog‘laydigan ustunlari mavjud.

U standart o‘rindiqlarga nisbatan yengilroq va minimal texnik xizmatni talab qiladi. Bunday parvoz chiptalarining narxi 1-5 funt sterlinggacha (1.35-2.70 dollar) arzonroq bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)