Va an’anaviy ravishda ekotizim kompaniyalari veb-saytlaridagi logotiplar xodimlarning bolalari tomonidan chizilganlarga almashtirdi.
1 iyun kuni butun mamlakat bo‘ylab Uzum Market buyurtma tarqatish punktlarida yosh tashrif buyuruvchilar onlayn-xavfsizlikning asosiy qoidalari bilan stikerpaklarni sovg‘a sifatida olishadi.
Shuningdek, Uzum ota-onalar uchun yosh foydalanuvchilarga tarmoqdagi xavfsizlik qoidalarini to‘g‘ri tushuntirish bo‘yicha varaqchalar tayyorladi — ularni ekotizim va Uzum Media Telegram-kanallarida topish mumkin.
Shuningdek, Toshkentdagi Uzum Marketning 34 ta punktida ota-onalari bilan birga buyurtma olish uchun kelgan bolalar Uzum va GROSS sug‘urta kompaniyasidan Xavfsiz Harakat ijtimoiy loyihasi doirasida IIBB ko‘magida ishlab chiqilgan shopper sumkalarini sovg‘a sifatida olishadi — bunday sumkalar bolalarni haydovchilar uchun yanada bilinarli qiladi, bu esa yo‘lni kesib o‘tishda ko‘proq xavfsizlikni ta’minlaydi.
Bu kun butun mamlakat bo‘ylab bolalar uchun haqiqatan ham bayram bo‘lishi uchun esa Uzum Market marketpleysning top-sotuvchilardan biri bo‘lgan Bestway kompaniyasi va "ONA" xayriya jamg‘armasi bilan birgalikda Namangan, Qoraqalpog‘iston, Farg‘ona va Qashqadaryo shaharlaridagi bolalar bog‘chalariga 30 ta puflanadigan basseyn sovg‘a qilishdi.
— Vaqt o‘tishi, texnologiyaning rivojlanishi bilan yaqinlarimizga g‘amxo‘rlik qilish va bolalarimiz xavfsizligi ham boshqacha ko‘rinadi. Onlayn-xavfsizlik qoidalari xuddi yo‘l harakati qoidalaridek muhim va biz mamlakatning yetakchi raqamli platformasi sifatida bolalarga ham, kattalarga ham ushbu yangi qoidalarni, ushbu yangi onlayn muhitni o‘zlashtirishda yordam berishga tayyormiz, — deydi Roman Lavrentyev, Uzum operatsion direktori. — Birgalikda biz farzandlarimiz uchun xavfsiz raqamli kelajakni qurmoqdamiz va ularni ijodida qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz. Shunday qilib, har yili biz xodimlarning bolalaridan ota-onalari ish kunlarini qanday ko‘rishlarini chizishlarini so‘raymiz — va bu yil, yashirmayman, bolalar rasmlarida yakkashoxlarni chizishganlarini ko‘rish menga juda ham yoqimli bo‘ldi. Bolalarning rasmlarini Uzum va "Kapitalbank" saytlarida ko‘rishingiz mumkin.
Tanlovda mamlakat bo‘ylab jami 195 nafar bola ishtirok etdi — ularning barchasi Uzum Marketdan sovg‘alar oldi. Yosh rassomlarning asarlarini Toshkentdagi Uzum Marketning 14 ta tarqatish punktlarida, shuningdek Uzum Tezkor, Uzum Bank, Uzum Nasiya, Uzum Avto, Kapitalbank, Uzum IT-akademiyasi va Uzum Media saytlarida ko‘rish mumkin.
Izoh (0)