• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo Afg'oniston

    Qurg‘oqchilik sababli Afg‘onistonda bug‘doy va un narxi oshishi mumkinmi?

    Mozori Sharif aholisi bu yil yomg‘ir yog‘magani uchun bug‘doy va un narxi oshishi mumkinligidan xavotirda.
    Bu borada batafsil ma’lumot olish uchun “Daryo” muxbiri Mozori Sharifdagi eng yirik un va bug‘doy bozorlaridan biriga borib, sotuvchilar va shahar aholisi bilan suhbatlashdi.

    Balx viloyati Sholg‘ara tumanida dehqonchilik bilan shug‘ullanayotgan Habibulla do‘stlaridan qarz olib, bug‘doy, jo‘xori, arpa yetishtirgani, ammo yog‘ingarchilik yetarli bo‘lmagani uchun barcha ekinlari qurib, nobud bo‘lganini aytadi.

    Foto:
    Foto: “Daryo”

    Habibullaning aytishicha, bu yil Afg‘oniston da yog‘ingarchilik yetarli bo‘lmagani uchun bug‘doy va un narxi oshishi mumkin.U kelgusi yil ekin eka olmasligini aytdi.

    Un va bug‘doy sotuvchilari Afg‘oniston da bu yilgi qurg‘oqchilik bozorga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, degan fikrda. Ularga ko‘ra, Afg‘oniston da un va bug‘doy narxi avvalgi yillarga nisbatan ancha arzonlashgan.

    Un sotuvchilarning aytishicha, unning asosiy qismi Afg‘oniston bozorlariga Qozog‘iston va O‘zbekiston kabi qo‘shni davlatlardan keltiriladi.

    Sotuvchilarga ko‘ra, o‘zbek unining eng ko‘p xaridori bor, uning narxi va sifati bozorga mos bo‘lgani uchun aholi ko‘proq sotib oladi.

    Mozori Sharif shahridagi un savdosi bilan shug‘ullanuvchi hoji Omonullohning “Daryo” muxbiriga aytishicha, un va bug‘doy narxi bozordagi talab va taklifdan kelib chiqib belgilanadi, qachonki talab oshsa, narxlar oshadi va talab kamayganida narxlar pasayadi.

    U Afg‘oniston ning dunyo bilan savdo aloqalari yaxshilanib borayotganini aytib, “avvallari Afg‘oniston bir yo‘nalishga qaram bo‘lib, qachonki bu yo‘l to‘sib qo‘yilgan bo‘lsa, tranzit va chegara muammolari paydo bo‘lib, narxlar keskin ko‘tarilib ketar edi, biroq so‘nggi yillarda Afg‘oniston ko‘plab davlatlar bilan bog‘lanib, un, bug‘doy kabi oziq-ovqat mahsulotlarini turli mamlakatlardan import qiladi”, deb qo‘shimcha qildi.

    Shu bilan birga, bir qator un va bug‘doy sotuvchilar bozorda savdo pastligidan shikoyat qilmoqda.
    Un sotuvchi hoji Nasrulloh do‘konini ertalab soat 7 da ochganini, soat 15:00 gacha bir kilogramm ham un sotmaganini aytadi. 

    Foto:
    Foto: "Daryo"

    Uning aytishicha, xalq iqtisodi juda zaif, odamlar unni juda ehtiyotkorlik bilan iste’mol qiladi, un sotib olish avvalgidek emas, Hayraton va Oqina portlarida, bozorlarda un ko‘p.

    Nasrullohning fikricha, qurg‘oqchilik un va bug‘doy narxiga ta’sir qilmaydi. U un va bug‘doy arzon, lekin odamlar uni sotib olishga qurbi yetmasligini aytdi.

    Afg‘oniston bozoridagi bug‘doy va un narxlari:

    1 kilogramm Afg‘oniston bug‘doyi — 22 afg‘oni.
    1 kilogramm chet el bug‘doyi — 25 afg‘oni.
    1 kilogramm Afg‘oniston uni — 25 afg‘oni.
    1 kilogramm chet el uni — 25-30 afg‘oni.
    1 kilogramm arpa — 20 afg‘oni.
    1 kilogramm makkajo‘xori — 40 afg‘oni.
    1 kilogramm zig‘ir — 50 afg‘oni
    1 kilo kunjut — 100 afg‘oni.

    28 may, 12:55   Izoh (0)   656
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30

    Fransiya prezidenti Isroilga qarshi siyosat yuritishda ayblandi

    Dunyo | 30 may, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.