Qozog‘iston aholini arzon gaz bilan ta’minlash bo‘yicha Yevropada yetakchiga aylandi. Mamlakatda bir kubometr gaz 34,02 tenge (6 sent) turadi. Bu haqda Sputnik Kazakhstan xabar berdi.

Qozog‘iston aholisi o‘rtacha oylik maoshiga 10 ming kub metrdan ortiq gaz sotib olishi mumkin. Mamlakatda maoshlar nisbatan past, ammo gaz narxlari reytingda ishtirok etgan barcha mamlakatlar orasida eng past ko‘rsatkichdir.
Ikkinchi o‘rinda Rossiya: 1 kub metr gaz 8,1 rubl (10 sent) deb baholangan. Uchinchi o‘rinni Belarus egalladi, bu yerda gaz Rossiyaga qaraganda 2,1 rublga qimmatroq. Gaz narxi bo‘yicha kuchli beshlikka Vengriya va Xorvatiya ham kiradi. Eng qimmat gaz Shvetsiya aholisi tomonidan sotib olinadi. Zangori yoqilg‘ining bir kubometri mahalliy iste’molchilarga 2,36 dollarga tushadi. Eng qimmat gaz bo‘yicha reytingda keyingi o‘rinlarda Niderlandiya, Italiya, Portugaliya, Irlandiya va Fransiya turibdi. Ushbu mamlakatlarda gazning bir kub metri — 1,59 dollar.

2024-yil davomida Yevropada gaz narxi deyarli uzluksiz o‘sib bordi, ammo 2023-yilga nisbatan o‘rtacha past bo‘ldi. Tahlilchilarning ta’kidlashicha, bu 2024-yil mart oyi oxirida isitish mavsumi yakunida Yevropa omborlari 59 foizga to‘lgani bilan bog‘liq. Shu sababli gazga bo‘lgan talab ham, narxlar ham umuman olganda, biroz pastroq bo‘lgan.

Moldova aholisi eng kam hajmdagi tabiiy gazni sotib olishi ma’lum bo‘ldi. Bu yerda o‘rtacha maosh atigi 739 kub metr sotib olishga yetadi. Moldovadan tashqari, Portugaliya, Italiya, Bosniya va Gersegovina hamda Latviya ham autsayderlar qatoriga kirgan.
Izoh (0)