Бугун,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Germaniya Kubogining final bellashuvida “Borussiya Dortmund” ustidan zafar quchgan “Bavariya” bosh sovringa ega chiqdi. Bunga qadar Xosep Gvardiola jamoasi mamlakat chempionligini ham qo‘lga kiritgandi.

Foto: Sport Box

Foto: Sport Box

Finalning asosiy va qo‘shimcha daqiqalarida hisob ochilmagach, g‘olib jamoani penaltilar seriyasida aniqlashga to‘g‘ri keldi. Dortmundliklar safida Sven Bender va Sokratis Papastatapulos mo‘ljalda adashgan bo‘lsa, Myunxen klubi safidan Joshua Kimmixning zarbasi noaniq bo‘ldi. Natijada “Bavariya” 4:3 hisobida muvaffaqiyat qozondi.

Qayd etish kerak, Dortmundning “Borussiya” klubi ketma-ket uchinchi bor Germaniya Kubogining finalida imkoniyatni boy berdi. Bir yil muqaddam “Volfsburg” hal qiluvchi o‘yinda 3:1 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, ikki yil avvalgi finalda “Bavariya” qo‘shimcha daqiqalarda 2 ta gol urishga erishgandi.

Final “Bavariya” ustozi Xosep Gvardiola uchun Myunxen klubi bilan so‘nggisi edi. Ispaniyalik mutaxassis kelasi mavsumdan e’tiboran Angliyaning “Manchester Siti” klubini boshqaradi.

Germaniya Kubogi FINAL 21-may, shanba

“Bavariya” — “Borussiya Dortmund” 0:0 pen: 4:3

Изоҳ
Asosiy yangiliklar
Маҳаллий
Хоразмда икки киши ис газидан вафот этди
Маҳаллий
Виртуал карталар нима ва улардан қандай қилиб тўғри фойдаланиш мумкин?
Дунё
Twitter офисида ходимлар учун каравотлар пайдо бўлди, Илон Маск аввалроқ меъёридан ортиқча иш бўлиши ҳақида огоҳлантирганди