Toshkentning uch tumanida elektr taʼminoti vaqtincha to‘xtatilishi maʼlum qilindi.
Xabarga ko‘ra, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida 7-may kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Chilonzor tumani: “Qatortol” hamda “Katta Do‘mbirobod” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
- Mirobod tumani: “Baratxo‘ja” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
- Mirzo Ulug‘bek tumani: “Ijodkor”, “Alisherobod”, “Geofizika”, “Geologlar”, “Sarbon”, “Temuriylar”, “Chingeldi” hamda “Iqtidor” MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi bildirildi.
Izoh (0)