• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oliy taʼlimda o‘qishga qabul va grant ajratish tizimi o‘zgarmoqda. Asosiy yangiliklar

    Kecha, 8-may kuni Toshkent shahrida oliy taʼlim muassasalariga qabul va davlat buyurtmasini shakllantirish tartibiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

    Muloqotda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi masʼullari 2024/2025-o‘quv yilidan joriy etilayotgan yangi tizim to‘g‘risida axborot berdi.

    O‘qishga qabul qilish tartibi o‘zgaradi

    Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov yangi o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalariga qabul jarayoni “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkazilishini maʼlum qildi.

    “Oldinlari kvotalar OTMlar kesimida shakllangan bo‘lsa, bu yildan boshlab taʼlim yo‘nalishlari kesimida eʼlon qilinadi. Bunda iqtidorli yoshlar o‘zlari tanlagan yo‘nalish kesimida imtihonga qatnashadi. Ikkinchi bosqichga o‘tganlar OTMni tanlash huquqiga ega bo‘ladi”, — dedi vazir.

    Yangi tartibga ko‘ra, abituriyentlar testni bir marotaba topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab OTMga, bali yetmagan taqdirda professional taʼlim tashkilotiga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi. Oliygohlarga qabul jarayoni ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqich ro‘yxatdan o‘tish va test fanlarini tanlash bo‘lsa, ikkinchisi test natijasi eʼlon qilingandan so‘ng taʼlim yo‘nalishi va shaklini tanlash orqali amalga oshiriladi.

    Qo‘ng‘irotboy Sharipov
    Foto: “Daryo”

    Taʼlim granti har yili qayta taqsimlanadi

    Joriy o‘quv yilidan davlat granti talabalar uchun taʼlim granti va ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant shaklida ajratiladi. Ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga butun o‘qish davri uchun beriladi. Taʼlim granti esa endilikda har yili qaytadan taqsimlanadi.

    “Taʼlim granti 2024-yildan boshlab bir yilga beriladi. Bu grantda o‘qiyotgan boladan o‘qishning ikkinchi yilida granti olib qo‘yiladi, degani emas. O‘qishning ikkinchi yilida u olgan grantini himoya qilishi kerak bo‘ladi. Yaʼni qattiq o‘qishi lozim. Agar baholari pasayib ketsa, uning granti yaxshi o‘qiyotgan yoshlarga beriladi. Bu ham grantda, ham kontraktda o‘qiyotgan yoshlarga yaxshi o‘qish uchun motivatsiya bo‘ladi”, — dedi Qo‘ng‘irotboy Sharipov.

    Maʼlum qilinishicha, grantni qayta taqsimlash bo‘yicha tartib o‘qishga yangi qabul qilinadigan talabalarga taalluqli bo‘ladi. Yaʼni ayni paytda grantda o‘qiyotgan talabalar granti o‘qishini tamomlaguncha o‘zida saqlanib qoladi.

    Foto: “Daryo”

    Yangi tartibga ko‘ra, taʼlim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.

    O‘qishga kirishning minimal bali oshadi

    Muloqotda o‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali ikki bosqichda oshirilishi aytildi.

    “Amalda o‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali barcha yo‘nalishlar uchun 56,7 ball edi. Kelasi yildan bu ball ikki bosqichda oshiriladi. Sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun o‘qishga kirish 94,5 balldan, boshqa yo‘nalishlar uchun 75,6 balldan boshlanadi”, — dedi vazir.

    Til sertifikati darajasi pasaytiriladi

    Matbuot anjumanida magistratura va doktoranturaga qabul jarayonida xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabi yengillashtirilishi aytildi. Xususan, endilikda taʼlim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi.

    Soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, sanʼat, sport, taʼlim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona — B1 darajasiga tushiriladi.

    Sertifikat talabi xorijiy tillar yo‘nalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 darajada saqlanadi.

    09.05.2024, 14:17   Izoh (0)   19973
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda davlat OTMlari xususiy OTMlarga qo‘yilgan talablarga javob bera oladimi? Advokat tahlili

    04.04.2024, 17:07

    OTMlarda davlat granti taqsimlanish tartibi o‘zgardi

    06.05.2024, 21:36

    O‘zbekiston OTMlarida stipendiyalar oshiriladimi? Oliy taʼlim vaziri o‘rinbosari javob berdi

    08.05.2024, 17:25

    “O‘zgidromet” 10-may kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    09.05.2024, 11:50

    “Qulay muhit yaratish imkoniyati cheklangan kishilarning jamiyat hayotida faol ishtirok etishini ta’minlaydi” — Shahnoza Mirziyoyeva 

    09.05.2024, 11:06

    “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 9-may kuni mushakbozlik tashkil etiladi

    09.05.2024, 10:42
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qizil kitobga kiritilgan 15 ta ilonni O‘zbekistondan olib ketayotgan fuqaro qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 31 may, 11:20

    Tramp Putin va Zelenskiyni juda qaysar deb atadi

    Dunyo | 31 may, 10:50

    TikTok tashxis qo‘ymoqda: ChatGPT va ijtimoiy tarmoqlardagi tibbiy maslahatlarga qanchalik ishonsa bo‘ladi?

    Maslahatlar | 31 may, 10:30

    Bishkekdagi bar egasi qanday qilib Pentagon bilan 7 mlrd dollarlik shartnoma tuzgani haqida

    Dunyo | 31 may, 10:15

    Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dorilar savdoga chiqarilishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 31 may, 09:56

    4-iyundan boshlab AQSHdan po‘lat va alyuminiy importiga 50 foizlik bojlar kuchga kiradi

    Dunyo | 31 may, 09:23

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.