Ijtimoiy himoya agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva Xitoy nogironlar federatsiyasi vakillari bilan uchrashdi.
Uning ma’lum qilishicha, uchrashuv davomida reabilitatsiya, bandlik va inklyuziv taʼlim olish bo‘yicha tashabbuslar muhokama qilindi.
“Biz Xitoy nogironlar federatsiyasi vakillari bilan navbatdagi sermahsul uchrashuvni o‘tkazdik, bu kelgusida hamkorligimizni yanada rivojlantirish uchun ko‘plab fikr-mulohazalar va muhim g‘oyalar tug‘ilishiga zamin yaratdi”, — deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Federatsiya raisi janob Chen Kay bilan muloqot chog‘ida Ijtimoiy himoya milliy agentligi rasmiylari imkoniyati cheklangan kishilarning huquq va manfaatlarini qo‘llab-quvvatlashda sobitligini yana bir bor tasdiqlagan.
“Qulay muhit yaratish, hayotning barcha jabhalarida inklyuzivlikni rag‘batlantirish bu insonlarning jamiyat hayotida, madaniyat va sportda faol ishtirok etishini taʼminlaydi, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi”, — deydi Shahnoza Mirziyoyeva.
Uning ta’kidlashicha, federatsiyaning bu boradagi ishlari chinakamiga barchani ruhlantiradi. Xitoylik hamkasblari ulardan o‘rganishi mumkin bo‘lgan juda ko‘p qimmatli tajribaga ega.
Izoh (0)