Namangan viloyatida 5-may kuni soat 13:16 da 3,7 magnitudali zilzila qayd etildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, 14 kilometr chuqurlikdagi zilzila episentri Kosonsoy tumanida bo‘lgan.
Zilzila kuchi quyidagi hududlarda sezilgan:
- Kosonsoy tumanida 3 ball,
- Yangiqo‘rg‘on tumanida 2-3 ball,
- Chortoq tumanida 2 ball,
- Namangan shahrida 2 ball,
- To‘raqo‘rg‘on tumanida 2 ball.
O‘zbekistonda so‘nggi marta yerosti silkinishlari 19-aprel kuni Qashqadaryo viloyatida kuzatilgandi.
Izoh (0)