Samarqandda uyi qulagan fuqaro qo‘shnisidan 300 ming dollar talab qilmoqda. Bu haqda viloyat IIB “Daryo”ga maʼlum qildi.
Xabar qilinishicha, uyi qulagan fuqaro ichki ishlarga murojaat qilgan. Ish hujjatlarga ko‘ra, 15-may kuni fuqaro M.H. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Unda tumanning Samarqand ko‘chasi, 28-raqamli yashash uyi bilan bir devor qo‘shnisi T.B. hovlisida do‘kon qurish uchun (chuqur) kotlovan qazilganini, o‘zi va MFY raisi bilan quruvchilarga qazishni to‘xtatishini, aks holda yashash uyi qulab tushishini bir necha bor aytib kelishiga qaramasdan, kotlovan kovlashni davom ettirgan.
Natijada 14-may kuni soat 19:45 larda yashash xonadoni qulab tushib, unga 300 000 AQSH dollari miqdorida moddiy zarar yetkazilganini bayon qilib, fuqaro T.B.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Qayd etilishicha, gumon qilinuvchi shaxs aslida Namanganda yashaydi. Hozirda to‘plangan hujjatlar yuzasidan Past Darg‘om tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishining tergovi nazoratga olingan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi mahallalarning birida kotlovan qazish jarayonida qo‘shni uy qulab tushgani haqida xabarlar tarqalgach, holat yuzasidan jinoiy ish ochildi.
Shundan so‘ng Qurilish vazirligi yangi tafsilotlarni ochiqladi. O‘rganish jarayonida fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan loyiha hujjatlariga amal qilmasdan, poydevor quyish uchun yer qazish ishlarini olib borganligi sababli qo‘shni xonadon poydevori ostidagi tuproqning cho‘kishi natijasida turar-joyning bir qismi qulab tushgani aniqlangan.
Izoh (0)