O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibining o‘rinbosari, BMTning Aksilterror boshqarmasi boshlig‘i Vladimir Voronkov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, uchrashuvda tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash borasidagi hamkorlik, bugungi dinamika, nafaqat mintaqada, balki global miqyosda mavjud va kelajakdagi chaqiriqlarga samarali yechimlarni topish masalalari muhokama qilingan.
Qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish masalalari bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy ekspertlar kengashi birinchi yig‘ilishining muvaffaqiyatli natijalarini ko‘rib chiqilgan.
O‘zbekiston bilan BMTning Aksilterror boshqarmasi o‘rtasida 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolangan.
Izoh (0)