AQSHda yashovchi xonanda Nargiz Zokirova to‘rtinchi marta turmush qurdi. Bu haqda u Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.
Sen eng qiyin va eng baxtli onlarda, har doim yonimda bo‘lding. Sening menga bo‘lgan sof muhabbatingni hech narsa sindira olmaydi. Asosiysi, meni hech kim va hech nima sindira olmasligiga bo‘lgan ishonchingni hech narsa sindira olmaydi. Buning uchun men sendan cheksiz minnatdorman. Hayotimning yangi sahifasi boshlandi, — deb yozadi Nargiz Zokirova.
Nargiz Zokirova o‘zining musiqiy jamoasidagi texnik xodim Anton Lovyaginga turmushga chiqqan. Anton xonandadan 11 yosh kichik.
Xonanda shu paytgacha uch marta oila qurgan va uch farzandi bor. Nargiz Zokirovaning marhum Ruslan Sharipovdan Sabina ismli qizi, Yernur Kanaybekovdan Auel ismli o‘g‘li, musiqachi Filipp Balzanodan Leyla ismli qizi bor. Xonandaning, shuningdek, Noy va Levi ismli nevaralari ham bor.
Izoh (0)