• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tartibga soling, taqiqlamang: BAT O‘zbekistonni tamaki zararini kamaytirishda innovatsiyalarni qo‘llashga chaqirmoqda

    Bugun biz Bat kompaniyalar guruhi direktorlar kengashi aʼzosi, Osiyo-tinch okeani, yaqin Sharq va Afrikaning mintaqaviy direktori Maykl Diyanoshich bilan suhbatlashmoqdamiz. Biz O‘zbekistonda tamaki va nikotin sanoati oldida turgan asosiy muammolarni va BATning chekuvchilarni kamroq zararli alternativalarga o‘tkazish borasidagi saʼy-harakatlarini muhokama qilamiz.

    O‘zbekiston Respublikasidagi ayrim regulyatorlarning pozitsiyasi yangi tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan mahsulotlarga nisbatan shubha bilan qaralmoqda: yaqinda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan vaping va qizdiriladigan tamaki mahsulotlarini to‘liq taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi. May oyida nikotin qoplariga nisbatan ilgari qabul qilingan taqiq kuchga kiradi.

    BAT guruhining uzoq muddatli maqsadi “Ertaga yaxshiroq” shiori bilan ko‘rsatilgan bo‘lib, bu “tutunsiz dunyo”qurishni nazarda tutadi. Iltimos, ushbu maqsad va eng muhimi, unga erishish bosqichlari haqida batafsil maʼlumot bersangiz?

    Bizning maqsadimiz “Ertangi kunni yaxshiroq” yaratishdir, yaʼni bu, chekuvchilar sigaretadan tutunsiz alternativalarga o‘tadigan dunyoni qurish haqidagi tasavvurni anglatadi.

    Biz sigaretalar sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘dirishini tan olamiz va inkor etmaymiz va chekish bilan bog‘liq xavflarni butunlay yo‘q qilishning yagona yo‘li chekishni boshlamaslik yoki chekishni tashlashdir. Biroq  biz shuni han tushunamizki, har bir chekuvchi chekishni tashlashga tayyor emas va shuning uchun biz voyaga yetgan chekuvchilarga chekishga nisbatan sog‘liq uchun kamroq xavf tug‘diradigan tutunsiz alternativalarni taqdim etadigan ilm-fanga asoslangan yangi mahsulotlarni yaratish orqali o‘zgarmoqdamiz.

    Buyuk Britaniyada birinchi elektron sigaretimizni ishga tushirganimizdan taxminan o‘n yil o‘tgach, biz chekish bilan solishtirganda sog‘liq uchun xavfsizroq bo‘lgan ko‘p toifali mahsulot portfelimiz doirasida dunyoga mashhur brendlarni yaratish maqsadimiz sari sezilarli yutuqlarga erishdik. 2023-yil holatiga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab 23,9 million isteʼmolchi tutunsiz mahsulotlarimizdan foydalanmoqda. Qolaversa, bizning BAT guruhimiz daromadlarining 16,5 foizi tutunsiz mahsulotlarimizning hisobiga to‘g‘ri keladi va biz bu bilan to‘xtab qolmoqchi emasmiz: biz 2035-yilga kelib asosan tutunsiz biznesga aylanish majburiyatini oldik.

    “Tutunsiz dunyo” ga erishish, shubhasiz, chekuvchilarning elektron sigaretalar (vapelar), qizdiriladigan tamaki mahsulotlari va boshqa alternativalarga o‘tishga asoslanadi. Biroq turli mamlakatlarda vakolatli davlat organlarining ushbu toifalardagi alternativalarga munosabati har hil. Sigaretaga alternativa bo‘lgan mahsulotlar dunyoda qanday muammolarga duch kelmoqda va sizningcha, bunday muammolarni qanday hal qilish kerak?

    Maʼlumki, sigaretalarning asosiy zararli taʼsiri nikotindan emas, balki minglab zaharli va potensial zararli toksik moddalarni ishlab chiqaradigan tamakining yonish jarayoni hisoblanadi. Ilmiy dalillar, tamaki yonishi bilan bog‘liq bo‘lmagan tutunsiz muqobillar sigareta chekishga nisbatan kamroq zaharli moddalarni ajratishini tasdiqlaydi.

    Yaqinda AQSH Oziq-ovqat va dori-darmon maʼmuriyati (US Food & Drug Administration) “Tamaki mahsulotlari xavf darajasini solishtirish” sarlavhali bo‘limni eʼlon qilib, “hech bir tamaki mahsuloti xavfsiz emas, ammo turli tamaki mahsulotlari bilan bog‘liq sog‘liqga etkaziladigan xavflar darajasi turlicha” va “yonmaydigan mahsulotlar, masalan, elektron sigaretalar va boshqa tutunsiz tamaki mahsulotlari odatda sigaretalar va yonish jarayoniga ega tamaki mahsulotlariga nisbatan sog‘liq uchun zarari kamroq” ekanligi takidlandi.

    Shunga qaramay, vapelar kabi tutunsiz mahsulot toifalari haqida hali ham ko‘plab noto‘g‘ri tasavvurlar mavjud va ayrim davlatlar hatto yangi nikotin toifalari uchun taqiqlo‘vchi yo‘lni qo‘llaydilar.

    Biroq, biz baʼzi davlatlar ushbu yangi nikotin toifalarini ishlab chiqaradigan va aylanmasini tartibga solinadigan muhitni joriy qilgan, va oxir-oqibat tutundan holi dunyo yaratish maqsadi qollab-quvvatlangan hayotiy misollarni o‘rganishimiz mumkin. Voyaga yetgan isteʼmolchilarni sifat standartlariga javob beradigan sifatli chekish alternativalari yordamida Shvetsiya va Yangi Zelandiyada tutunsiz muhitga erish arafasida. Vapelarni umumiy isteʼmol mahsuloti sifatida tartibga solingan besh yil davomida, Yangi Zelandiya kundalik chekish darajasini 43 foizga kamaytirishga erishdi.

    Biz yangi tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan mahsulotlarini chekiladigan tamakiga nisbatan xavfsizroq ekanligini faqat ilmiy dalillarga tayanib ko‘rsatish mumkinligiga ishonamiz. BAT guruhi har yili tamaki chekish tufayli keladigan zararlarni kamaytirishning yangi usullarini izlashga 300 million funt sterlingdan ko‘proq mablag‘ sarflaydi.

    O‘zbekiston Sog‘liqni Saqlash Vazirligi tomonidan mamlakatda vapelar va qizdiriladigan tamaki mahsulotlarini taqiqlovchi qonun loyihasi ishlab chiqilganligi haqida habaringiz bor. Shuningdek, bir oydan kamroq vaqt Ichida O‘zbekistonda nikotin qoplari(pauchi) muomaladan chiqarishga oid oldinroq qabul qilingan taqiq kuchga kiradi. Shunga o‘xshash jarayonlar Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlarda (Qozog‘iston va Qirg‘iziston) ham kuzatilmoqda. Markaziy Osiyo mamlakatlarida tegishli toifalarni tartibga solishning rivojlanish yoʼnalishi haqida fikringiz qanday?

    O‘z tajribamizga asoslanib, O‘zbekistonda vapelar va qizdirilagan tamaki mahsulotlarini taqiqlab qo‘yish bir qancha kutilmagan, salbiy ijtimoiy, tibbiy va iqtisodiy oqibatlarga olib keladi deb hisoblaymiz:

    (1) Isteʼmolchilarning tutunsiz kamroq zararli chekish alternativalaridan foydalanishni cheklash;

    (2) Voyaga yetmaganlarga va yoshlarga bunday mahsulotlarni qonunbuzarlardan osongina sotib olish imkonini yaratish, qonunbuzarlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan sotuvchilardan olish;

    (3) Isteʼmolchilar xavfsizligini taʼminlamaydigan standartlarga javob bermaydigan past sifatli noqonuniy mahsulotlarni tarqalish xavfini oshishi;

    (4) Katta noqonuniy bozor hajmi tufayli davlat daromadining yo‘qolishi.

    Avstraliya tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan mahsulotlarni faqat retsept bo‘yicha ruxsat berish yo‘lini qo‘lladi. Ilmiy tadqiqotlar ko‘rsatadiki, hozirda mamlakatda 1,3 million voyaga yetgan vape isteʼmolchilari mavjud bo‘lib ulardan atigi 10 foizdan kamrog‘i “qonuniy” tibbiy retseptlardan foydalanishadi. Demak, bir milliondan ortiq avstraliyalik vape isteʼmolchilari noqonuniy mahsulotlardan foydalanishmoqda. Shuningdek, Hindiston bu toifa mahsulotlarni butunlay taqiqladi va mavjud maʼlumotlarga ko‘ra, hozirda Hindistonda taxminan 6 million vape isteʼmolchilari noqonuniy mahsulotlardan foydalanmoqda.

    Bizda ushbu mahsulot toifalarini tartibga solishga yaxlit yondashuvga, ular chekish bilan bog‘liq sog‘liqni saqlash yukini kamaytirish va kutilmagan oqibatlar xavfini kamaytirish o‘z ro‘lini o‘ynashini taʼminlash uchun, ehtiyoj bor,.

    Bu yil BAT O‘zbekiston o‘zbek bozorida faoliyatining 30-yilligini nishonlamoqda. Ushbu kompaniya BAT guruhlari orasida qanday rol o‘ynaydi va siz BAT O‘zbekistonning qanday yutuqlari bilan faxrlanasiz?

    Oxirgi 30-yillik davomida BAT O‘zbekistonning BAT guruhidagi ahamiyati izchil oshib bordi.

    Samarqand sigaret fabrikasi Qozog‘iston, Armaniston, Saudiya Arabistoni, Iroq, Iordaniya va Janubiy Koreyaga xomashyo va tayyor mahsulotlar yetkazib beruvchi mintaqaviy markaz bo‘lib qoldi. Bundan tashqari, BAT guruhi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ko‘magida 2022 va 2023-yillarda Samarqand shahrida qizdiriladigan tamaki mahsulotlari (stik, tayoq) ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga sarmoya kiritdi, bu nafaqat eksport hajmlarini oshirishga, balki 100 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratishga imkon berdi. Biz BAT O‘zbekistonning ulkan eksport salohiyatini tan olamiz va bu salohiyatni ishga solishga ahd qildik.

    Ammo, shaxsan men eng ko‘proq fahrlanib turgan narsa - bu BAT O‘zbekistonning mahalliy isteʼdotlarni rivojlantirish va rag‘batlantirishga qo‘shgan hissasidir. O‘zbekistonda 30 yil davomida BAT O‘zbekiston ishlab chiqarish, sifat nazorati, marketing, moliya va boshqa sohalardan minglab yuqori malakali mutaxassislarni tayyorladi. Ushbu iqtidorlarning ko‘pchiligi hozirda dunyoning turli mintaqalarida joylashgan BAT guruhining tarkibida faoliyat yuritib O‘zbekistonni faxr bilan namoyish etmoqda.

    Sizningcha, BAT O‘zbekiston oldida turgan asosiy muammolar nimalardan iborat? Va kompaniya bu muammolarni qanday hal qilishi mumkin?

    Mening fikrimcha, BAT O‘zbekiston oldida ikkita asosiy muammo turibdi. Birinchidan, tamaki va tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan mahsulotlarning keng tarqalgan noqonuniy savdosi, ikkinchidan, tutunsiz alternativ mahsulotlarni cheklash va taqiqlashga qaratilgan normativ tashabbuslar.

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tadqiqotlariga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekistonda noqonuniy sigaret savdosining darajasi deyarli 25 foizga yetgan. Biz O‘zbekiston qatʼiy pozitsiyani egallanganini olqishlaymiz - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil noyabr oyida noqonuniy savdoga qarshi kurash mavzusida nutq so‘zlangandan so‘ng, bu sohada sezilarli yaxshilanishlarga guvoh bo‘ldik. Biroq muammoni to‘liq bartaraf etish uchun noqonuniy sigaret bozoriga qarshi doimiy kurash olib borish kerak. Umid qilamizki, davlat mamlakatda arzon noqonuniy sigaretlarning tarqalishiga faol qarshi turishda davom etadi, shu bilan byudjet daromadlarini oshiradi va noqonuniy sifatsiz mahsulotlarga duch kelayotgan isteʼmolchilarni himoya qiladi.

    Alternativ chekish mahsulotlari tartibga solishga taʼsir qiluvchi tartibga solish masalalariga kelsak, biz ushbu muhim mahsulot toifalari uchun oqilona tartibga solish muhitini taʼminlash mamlakatda chekish bilan bog‘liq sog‘liqni saqlash yukini kamaytirishning kaliti ekanligiga qatʼiy ishonamiz. Shu sababli, biz vaping va isitiladigan tamaki mahsulotlarini chekish bilan solishtirganda bunday mahsulotlarning ilmiy jihatdan tasdiqlangan pastroq xavfini hisobga olgan holda, hukumat tomonidan qatʼiy standartlarga muvofiq tartibga solinishi kerak deb hisoblaymiz.

    Sheriklik huquqi asosida.

    24.05.2024, 09:00   Izoh (0)   3698
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Firibgarlik va odam savdosida ayblanib Turkiyada ushlangan erkak O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

    24.05.2024, 08:53

    Jizzaxda tez yordam mashinasi 48 yoshli ayolni urib yubordi

    24.05.2024, 08:37

    UzAutoMotors Lacetti ishlab chiqarayotgani maʼlum bo‘ldi. Yana shartnoma beriladimi?

    23.05.2024, 23:52

    Toshkentda Telegram orqali soxta havola yuborib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

    23.05.2024, 22:45

    “Daryo” dayjesti: 23-mayning eng muhim xabarlari

    23.05.2024, 22:30

    Shavkat Mirziyoyev Erkin Vohidov ijodiga bag‘ishlangan adabiy festival qatnashchilariga tabrik yo‘lladi

    23.05.2024, 22:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Navoiyda 2 mlrd so‘mlik oltinni talon-toroj qilmoqchi bo‘lgan zavod xodimlari qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 17 may, 09:48

    O‘zbekiston 2025—2030-yillarga mo‘ljallangan Bolalar saratoniga qarshi kurashish milliy strategiyasini qabul qildi

    O‘zbekiston | 17 may, 09:09

    AQSH hukumati muhojirlar haqida realiti-shou suratga olmoqchi

    Dunyo | 16 may, 23:55

    “Daryo” dayjesti: 16-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 16 may, 23:40

    Madura bo‘g‘ozi tubidan qadimgi hayot izlari topildi

    Dunyo | 16 may, 23:30

    Toshkentdagi go‘zallik salonida ayolning yuzi 80 foiz kuydirib qo‘yildi

    O‘zbekiston | 16 may, 23:16

    Superliga. “Surxon” o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni mag‘lub etdi

    Sport | 16 may, 23:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.