“Lokomotiv” klubi rossiyalik murabbiy Aleksandr Krestinin bilan shartnomani bekor qildi.
Superliganing 23-turida “Nasaf”ga imkoniyat boy berilganidan so‘ng “temiryo‘lchilar” murabbiyni iste’foga chiqardi. Bu haqida PFL matbuot xizmati ma’lum qildi.
Krestinin iyun oyida jamoada ish boshlagan edi. 5 oylik faoliyatdan so‘ng u jamoani tark etmoqda.
“Lokomotiv” Superligada 18 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda. Jamoa so‘nggi 5 o‘yindan buyon mag‘lubiyatga uchrab kelmoqda. “Lokomotiv” 7-noyabr kuni 24-tur doirasida “Dinamo”ga qarshi bahs olib bordi.
Izoh (0)