Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 18-dekabrda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 4,96 so‘mga pastlab, 12 869,90 so‘m bo‘ldi. Yevro 28,38 so‘mga tushib, 13 496,66 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,88 so‘mga ko‘tarilib, 124,94 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ikki kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastlab, 12 874,86 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl kursi ham tushgandi.
Dollar kursi yil boshida 12 352,86 so‘mni tashkil etgandi. S&P Global agentligiga ko‘ra, o‘zbek so‘mining dollarga nisbatan kursi yillar davomida quyidagicha bo‘lishi kutilmoqda:
- 2024-yil — 12 950 so‘m;
- 2025-yil — 13 650 so‘m;
- 2026-yil — 14 300 so‘m;
- 2027-yil — 15 000 so‘m.
Baʼzi iqtisodchilar fikricha, mamlakatda valyuta kursi sunʼiy ushlab turilibdi. Agar kurs erkinlashsa, 1 dollar 20 ming so‘mgacha ko‘tariladi. Markaziy bank esa bu qarashlar noto‘g‘ri ekanini bildirmoqda. Aslida, vaziyat qanday? “Daryo” bahsli masalaga aniqlik kiritishga urindi. Uni ushbu havoladagi maqolada o‘qish mumkin.
Izoh (0)