• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “5 kun davomida +8 darajadan past bo‘lgan” qoida: Sovet davridan qolgan buzuq tizimdan voz kechiladi

    Vazirlar Mahkamasining 2014-yildagi 194-sonli qaroriga asosan ob-havo harorati ketma-ket 5 kun davomida +8 darajadan past bo‘lgan taqdirdagina issiqlik tizimi ishga tushiriladi. Bu qoida yangilik emas: shunga o‘xshash band O‘zbekiston SSR hukumatining 1985-yildagi 497-sonli qarorida ham mavjud edi. Biroq mazkur qaror 1960-70-yillarida, harorat nisbatan barqaror hamda bugungi kundagidek keskin o‘zgarishlar mavjud bo‘lmagan vaqtda qabul qilingan.

    Joriy yilning oktyabr oyida O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi.

    17-oktyabr kuni ertalab u nolga tushib, o‘rtacha kunlik havo harorati +8 darajani tashkil qildi. Ob-havoning keskin tushib ketishi ko‘p qavatli uylar, shifoxonalar, maktablarda sovuq havo sezildi.

    Bunday vaziyatda mas’ullar “5 kun davomida +8 darajadan past bo‘lgan” qoidani eslatib o‘tishdi. Bu keng jamoatchilik tomonidan keskin tanqidga uchradi va keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

    Foto: AOKA

    Bugun, 2-dekbar kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Ilhom To‘rayevning aytishicha, “5 kun davomida +8 darajadan past bo‘lgan” qoidani takomillashtirish uchun yopiq tizimga o‘tish kerak.

    Individual issiqlik tizimlari o‘rnatilganidan keyin aholidan boshqaruv servis uyushmasiga kelib tushgan murojaatiga qarab issiqlik tizimini mustaqil yoqishi mumkin.

    Bugungi kundan Toshkent shahridan tashqari boshqa hududlarda o‘rnatilgan individual issiqlik tizimini “5 kun davomida +8 darajadan past bo‘lgan” qoidasiga qaramasdan ta’minotchining o‘zining tashabbusi bilan yoki iste’molchilarning murojaatiga qarab yoqib berilgan joylar juda ko‘p bo‘ldi. Masalan, ijtimoiy soha obyektlari – maktab, bog‘cha va kasalxonalarda shunday qilindi.

    Hukumat tomonidan bizga qo‘yilayotgan talab yopiq tizimga o‘tish, energiya tejamkorligini 30 foizga yetkazish, dedi Ilhom To‘rayev.

    Uning qo‘shimcha qilishicha, bu tizimda bugungi kunda amal qilinmayotgan bir jihati bor — tashqi havo haroratidan qat’i nazar ijtimoiy soha obyektlarida 15-oktyabr sanasidan issiqlik ta’minoti yoqilishi kerak bo‘lgan. Lekin bu qoidaga oxirgi yillarda amal qilinmayapti, boshqa yillarda esa amal qilib kelingan.

    Vazirlikning boshqarma boshlig‘i Obidjon Mo‘minovning ma’lum qilishicha, 2014-yilda ham Vazirlar Mahkamasida “5 kun davomida +8 darajadan past bo‘lgan” qoidasining o‘zgarmay qolishiga sabab o‘sha vaqtda yechim topilmagan.

    Nima uchun yechim topilmagan? Boisi tizimlarimiz 50-60-yil avvalgi, ko‘p narsa eskirgan. Tizimni qachonki moderinizatsiya qilib, zamonaviy tizimga o‘tsak yuqorida aytilgan qoidadan voz kechish mumkin. Bu ishlar ketyapti. Qashqadaryo, vodiy viloyatlarida yangi qozonxonalar qurilmoqda. Ularni haroratdan kelib chiqib, bemalol yoqish mumkin, dedi Obidjon Mo‘minov.

    O‘tgan yillarda O‘zbekistonda issiqlik berilgan sanalar:

    • 2023-yil — 6-noyabr;
    • 2022-yil — 24-oktyabr;
    • 2021-yil — 14-oktyabr;
    • 2020-yil — 17-oktyabr;
    • 2019-yil — 30-oktyabr.

    Toshkent shahrida so‘nggi yillarda isitish mavsumining boshlanish va tugash sanalari:

    2020/21 : 2020-yil 17-oktyabrdan 2021 yil 7-aprelgacha (174 kun);
    2021/22 : 2021-yil 14-oktyabrdan 2022 yil 1-aprelgacha (170 kun);
    2022/23 : 2022-yil 24-oktyabrdan 2023 yil 10-martgacha (138 kun);
    2023/24 : 2023-yil 8-noyabrdan 2024 yil 26-martgacha (140 kun).

    “Goldenpages.uz” maʼlumotlariga ko‘ra, so‘nggi 4 yil ichida, isitish tizimi oktyabr yoki noyabr oyining boshida yoqilgan bo‘lib, mavsum o‘rtacha 138 dan 174 kungacha davom etgan.

    Iqlimshunos Erkin Abdulaxatov “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida ushbu yondashuvni tahlil qilib, bu borada o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U hozirgi iqlim o‘zgarishlari isitish tizimlarida yanada moslashuvchan yondashuvni talab qiladi deb hisoblaydi. Iqlim o‘zgarishi kuz faslida ko‘pincha haroratning keskin o‘zgarishiga olib keladi, bu esa odamlarning sovuqqa moslashishini qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, o‘tgan asrda qurilgan ko‘plab binolar sovuqqa bardosh bera olmaydi, bu esa o‘z vaqtida issiqlikka bo‘lgan ehtiyojni oshiradi.

    Erkin Abdulaxatov xona ichidagi qulay harorat nafaqat tashqi havoga, balki namlik, quyosh nuri va shamol kabi omillarga ham bog‘liqligini ta’kidladi. 

    Isitish mavsumining boshlanishini aniqlashda kompleks yondashuvlar

    Olim O‘zbekistonda isitish mavsumini boshlanishning maqbul muddatini belgilash uchun zamonaviy iqlim ma’lumotlariga asoslangan yangi me’yoriy hujjat ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi va bunda aholi fikri, iqlimning sog‘liqqa ta’siri bo‘yicha tadqiqot natijalari, shuningdek, turar joy binolarining dizayn xususiyatlari hisobga olinishi kerak.

    Havo harorati, namlik, shamol tezligi, quyosh nuri va boshqa murakkab faktorlarni hisobga olgan holda o‘z vaqtida taqdim etilgan qulay harorat muhiti odamlarning jismoniy va iqtisodiy samaradorligiga ta’sir qiladi, deb tushuntiradi Abdulaxatov.

    Iqlim o‘zgarishi va qulay xona haroratiga bo‘lgan ehtiyoj, belgilangan standartlarni qayta ko‘rib chiqish zaruratini tug‘dirmoqda. O‘zgaruvchan iqlim sharoitida qat’iy “+8 daraja” qoidasiga rioya qilish bugungi kun standartlariga javob bermaydi. O‘zbekiston aholisi uchun qulay va xavfsiz muhitni ta’minlashda keng qamrovli iqlim ma’lumotlari va bioiqlim sharoitlarini hisobga olgan yangi standartlarni ishlab chiqish vaqti keldi.

    02.12.2024, 22:12   Izoh (0)   13499
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #+8 daraja#Ob-havo#AOKA#qurilish vazirligi#kommunal#sovuq

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zgidromet” dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    22.11.2024, 14:15

    O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    24.11.2024, 11:05

    Toshkent shahri va viloyatida 26-noyabr kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    25.11.2024, 11:15

    O‘zbekistonda 27-noyabr kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    26.11.2024, 12:20

    O‘zbekistonda hafta oxirida qor yog‘ishi kutilmoqda

    27.11.2024, 11:50

    O‘zbekistonning aksariyat hududlarida 29-noyabr kuni yomg‘ir yog‘adi

    28.11.2024, 12:10

    O‘zbekistonda havo harorati yana pasayadi

    28.11.2024, 13:35

    Yomg‘ir, qor, harorat pasayishi: “O‘zgidromet” dam olish kunlariga prognozini e’lon qildi

    29.11.2024, 11:43

    “O‘zgidromet” dekabrda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    29.11.2024, 15:59

    O‘zbekistonda 2-dekabr kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    01.12.2024, 11:34

    O‘zbekistonda 3-dekabr kuni harorat 10 darajadan ko‘tarilmaydi

    02.12.2024, 10:45

    O‘zbekistonda ish haftasi yog‘ingarchiliksiz o‘tadi

    02.12.2024, 14:20
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda daraxt bosib qolgan fuqaro vafot etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 23:21

    Superliga. “Buxoro” mehmonda “So‘g‘diyona” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 24 may, 23:08

    Toshkent va Andijondagi oshxona hamda xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 24 may, 22:40

    Namangan hokimi 100 yilligi nishonlanayotgan maktabdagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 22:00

    Quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanishda tez-tez uchraydigan xatolik aniqlandi

    Layfstayl | 24 may, 21:40

    Samarqand 2025-yili Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi

    O‘zbekiston | 24 may, 21:25

    Superliga. “Neftchi” o‘z maydonida bir kishi kam bo‘lib qolgan “Sho‘rtan”ni tor-mor etdi

    Sport | 24 may, 21:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.