• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12704.02
    • RUB162.43
    • EUR14871.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +44°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport Futbol

    “Navbahor”ni transfer bo‘yicha ikki jiddiy muammo kutib turibdi — O‘zPFL

    Yozgi transfer oynasi yopilishiga 9 kun vaqt qoldi. 30-iyul sanasi tugashi bilan Liga musobaqalarida ishtirok etayotgan klublar uchun futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi yopiladi. Ayni vaqtda barcha klublar Liga bilan o‘zaro shartnomalarni muvofiqlashtirish ustida ish olib bormoqda. “Navbahor” klubi esa nafaqat mazkur masala yuzasidan kechikmoqda, balki ikki muhim muammo bilan ham yuzma-yuz kelgan. Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Birinchidan, “Navbahor” yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga ega emas. FIFA sobiq futbolchi Giorgi Nikabadzening da’vosini qanoatlantirgan bo‘lib, klub unga bo‘lgan qarzdorligini to‘lamaguncha, transfer taqiqi joriy etilgan.

    Ikkinchidan, joriy yilgi qishki transfer oynasida “Navbahor” Jamshid Iskanderov, Farrux Sayfiyev va Jamshid Boltaboyev oldidagi qarzlarni to‘lashi lozim edi. Keyinchalik O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi (O‘FU) hamda futbolchilar bilan qarzdorlikni bosqichma-bosqich bartaraf qilishga doir hujjat imzolangan. Biroq O‘FU 19-iyul kuni Ligaga va O‘FAga yuborgan xatda klub ushbu kelishuvlarga amal qilmayotganini bildirgan. Shuningdek, bu kabi holatlar takrorlangani sabab, Uyushma FIFA nizomlariga tayanib “Navbahor”dan 6 ochkoni olib tashlash talabini ilgari surgan.

    O‘zPFLning ma’lum qilishicha, yozgi transfer oynasi davomida “Navbahor” bir necha yangi futbolchini o‘z safiga qo‘shib olgan. Biroq ularni ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi hozircha ochiq qolmoqda. Klub avvalo FIFA taqiqini bekor qilishi, keyin esa O‘FU bilan tuzilgan kelishuvlarga rioya qilishi hamda Liga oldidagi majburiyatlarini bajarmog‘i zarur.

    Ma’lumot uchun, 26 va 27-iyul sanalari ish kuni hisoblanmaydi. Bu esa “Navbahor”da vaziyatni hal etish uchun atigi 7 ish kuni qolgani degani.

    “Navbahor” joriy mavsumda barqaror natijalar qayd etmoqda va klub siyosati yildan-yilga ijobiy tomonga o‘zgarib bormoqda. Shunday ekan, yuqoridagi masalalar qisqa vaqt ichida hal etilishiga umid bildiramiz, deya qo‘shimcha qildi O‘zbekiston Professional futbol ligasi.

    21 iyul, 18:01   Izoh (0)   3353
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #O‘zPFL#Navbahor

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya dronlarini sinovdan o‘tkazish uchun bolalardan foydalanmoqda — The Guardian

    Dunyo | 23 iyul, 14:20

    Smartfon zaryadkasi uzoq vaqtga yetishi uchun eng oddiy usullar

    Maslahatlar | 23 iyul, 14:11

    Click’ning 49 foiz aksiyasini Qozog‘istonning Halyk Bank’i 176,4 mln dollarga sotib oladi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 14:08

    Birgalikda 12 ta filmdagi rol: Gollivudning eng mashhur aktyorlar juftligi

    Shou-biznes | 23 iyul, 13:58

    Charlz III ning odamsimon robot tomonidan chizilgan portreti taqdim etildi

    Layfstayl | 23 iyul, 13:48

    Holand tug‘ilgan kunida haqoratli xabar oldi (foto)

    Sport | 23 iyul, 13:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.