• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda valyuta almashuv kursiga qaysi omillar taʼsir etayotgani maʼlum qilindi

    Mamlakatda uchta asosiy omil valyuta almashuv kurslarining o‘zgarishiga taʼsir ko‘rsatmoqda. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari tahlilida maʼlum qilingan.

    Infografika: Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti

    MHTI ekspertlari 2019-yil yanvardan 2024-yil iyungacha bo‘lgan davrdagi so‘mning nominal va real almashuv kurslarini hisoblab chiqdi.

    Qayd etilishicha, 2019-yildan 2023-yilgacha real samarali almashuv kursi 7,6 foizga mustahkamlangan. Nominal samarali almashuv kursi esa deyarli 6,6 foizga pasaygan.

    “2024-yil boshidan real samarali almashuv kursi biroz pasaya boshladi va o‘z navbatida, nominal samarali almashuv kursi deyarli bir xil darajada saqlanib qoldi. Ushbu tendensiya tanlangan asosiy savdo hamkorimiz bo‘lgan mamlakatlarga nisbatan O‘zbekistonda devalvatsiya va inflyatsiyaning nisbatan o‘rtacha surʼatlari bilan izohlanadi”, deyiladi tahlilda.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Maʼlum qilinishicha, nominal va real samarali valyuta almashuv kurslarining o‘zgarishiga uchta asosiy omil taʼsir ko‘rsatgan.

    Birinchi omil — nominal kurs summasining o‘zgarishi

    2023-yil boshidan 2024-yil iyunigacha bo‘lgan davrda ichki valyuta bozorida so‘m AQSH dollariga nisbatan taxminan 12 foizga qadrsizlangan.

    2023-yil yanvaridan buyon Rossiyada 34 foizli, Turkiyada 72 foizli devalvatsiya tendensiyasi kuzatilgan. Xitoy (7,5 foiz) va Janubiy Koreya (9 foiz) milliy valyutalarining qadrsizlanish surʼatlari o‘rtacha darajada saqlanib qolgan. Mazkur davrda Qozog‘iston tengesi taxminan 1,5 foizga mustahkamlandi.

    “2024-yil boshidan iyungacha so‘m 2 foizga qadrsizlangan bo‘lsa, ayrim asosiy savdo hamkorlarimiz milliy valyutalari biroz mustahkamlandi. Masalan, Rossiya rublining kursi dollarga nisbatan 1,2 foizga, qirg‘iz sominiki 2,4 foizga, tojik somoniysiniki esa 3,4 foizga oshdi. Qozog‘iston tengesi kursi 1,1 foizga, Xitoy yuaniniki 1,5 foizga pasaydi. O‘rganilgan mamlakatlar orasida devalvatsiyaning eng yuqori darajasi turk lirasida kuzatildi — 8,6 foiz”, deya qayd etgan institut.

    So‘mning eng muhim valyutalarga nisbatan nominal qiymati pasaygan va 2024-yil iyundagi holatiga ko‘ra 91,9 foizni tashkil etgan.

    Foto: “Daryo”

    Ikkinchi omil — O‘zbekiston va uning savdo hamkori bo‘lgan mamlakatlarda narxlar darajasining o‘zgarishi

    Tahlilga ko‘ra, O‘zbekistonda narxlar o‘sish surʼatining hamkor davlatlardagiga qaraganda yuqoriligi so‘mning real ayirboshlash kursi oshishiga olib keldi. Inflyatsiya darajasi past (yiliga 4–6 foiz) mamlakatlarning O‘zbekiston tashqi savdosidagi ulushi 30 foizdan ortiqligi, so‘mning mazkur hamkorlar valyutalariga nisbatan real samarali almashuv kursi mustahkamlanganidan dalolat beradi.

    “2024-yil iyun holatiga ko‘ra, Xitoyda yillik inflyatsiya 0,2 foizni, Rossiyada 8,6 foizni, Qozog‘istonda 8,4 foizni, Turkiyada 71,6 foizni, Tojikistonda 3,5 foizni tashkil etdi. O‘zbekistonda yillik inflyatsiya (2023-yil iyuniga kelib) 10,6 foizgacha tezlashdi”, deya qayd etgan MHTI.

    Uchinchi omil — O‘zbekistonning asosiy savdo hamkori bo‘lgan mamlakatlar ulushi

    Respublika tashqi savdo aylanmasida hamkor mamlakatlar ulushi qancha ko‘p bo‘lsa, o‘zbek so‘mining almashuv kursi o‘sha davlatlar valyutasiga bog‘liqligi shuncha yuqori bo‘ladi. Institut olimlari hamkor mamlakatda narxlar o‘zgarishi so‘mning samarali almashuv kurslariga kuchliroq taʼsir qiladi, degan xulosani bildirgan. Buning natijasida Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy va Turkiyadagi inflyatsiya hamda valyuta kurslari o‘zgarishi so‘mning real samarali almashuv kursiga sezilarli taʼsir ko‘rsatadi.

    “O‘zbekistonda so‘mning boshqa valyutalarga nisbatan devalvatsiyasi tufayli nominal samarali ayirboshlash kursining pasayishi kuzatildi. Yuqori inflyatsiya jarayonlarining saqlanib qolishi natijasida esa real samarali ayirboshlash kursi mustahkamlandi. Natijada tahlil qilinayotgan davrda ikkita tendensiyani kuzatish mumkin: so‘mning boshqa valyutalarga nisbatan devalvatsiyasi tufayli nominal samarali almashuv kursining biroz pasayishi va asosiy savdo hamkorlari, birinchi navbatda, Xitoyga nisbatan yuqori inflyatsiya jarayonlarining saqlanib qolishi hisobiga real samarali ayirboshlash kursining mustahkamlanishi kuzatildi”, deya maʼlum qilgan ekspertlar.

    Qo‘shimcha qilinishicha, milliy valyuta mustahkamlanganda import qilinadigan tovarlar narxi oshmaydi, baʼzan pasayadi. Bu esa import ulushi yuqori bo‘lgan tovar bozorlarida (mashina va asbob-uskunalar, farmatsevtika mahsulotlari va boshqalar) narxlarni barqaror bo‘lishiga yordam beradi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishda mashina va uskunalarni barqaror narxlarda import qilish muhim element hisoblanadi.

    “Real samarali ayirboshlash kursi mustahkamlanishining salbiy oqibatlari qatorida asosiy savdo hamkorlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan narx ustunligining pasayishini qayd etish mumkin. Chet el tovarlari nisbatan arzonlashadi, mahalliy tovarlar esa qimmatlashadi. Bu raqobatbardoshlik yomonlashuvidan dalolat beradi va mamlakat savdo taqchilligi oshishiga olib kelishi mumkin”, deya vaziyatni sharhlagan mutaxassislar.

    Xulosaga ko‘ra, inflyatsiya surʼati tezlashgani hisobiga so‘mning real kursi o‘sishini ushlab turishga qaratilgan pul-kredit siyosatini amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Valyuta kursining nominal o‘sishi emas, balki O‘zbekiston va uning tashqi savdo hamkorlari bo‘lgan mamlakatlarda inflyatsiya darajasidagi farqning saqlanib qolishi so‘m almashuv kursi tez surʼatlar bilan o‘sishiga asosiy sabab bo‘lmoqda.

    15.08.2024, 18:34   Izoh (0)   7899
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    So‘m yiliga qancha qadrsizlanayotgani maʼlum qilindi

    28.07.2023, 12:53

    So‘m o‘rniga yangi valyuta yaratish rejasi bormi? Markaziy bank raisi javob berdi

    26.10.2023, 20:00

    Dollarning so‘mga nisbatan qiymati 30 yil ichida qanday o‘zgardi?

    03.01.2024, 19:44

    Go‘sht va guruch qimmatlashib, shakar arzonlashdi: bozor narxlaridagi asosiy o‘zgarishlar

    02.08.2024, 18:03

    Pensiya va nafaqalar oshdi. Yangi to‘lovlar miqdori qanday bo‘ladi?

    13.08.2024, 18:10

    Davlat byudjeti taqchilligi ortishda davom etmoqda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    14.08.2024, 18:28
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Rossiyaning Ukrainadagi urushi Yevropadagi tinchlik tartibini buzdi” — Antoniu Koshta

    Dunyo | 16 may, 20:50

    Toshkentda Markaziy Osiyodagi eng yirik o‘yin sanoati festivallaridan biri — GameFest 2025 bo‘lib o‘tdi

    O‘zbekiston | 16 may, 20:40

    Farg‘onada Damas qoidabuzarligi sabab 2 avtomobil to‘qnashdi, piyoda jabrlandi (video)

    O‘zbekiston | 16 may, 20:30

    Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi

    Dunyo | 16 may, 20:22

    Olmaliqdagi bog‘chada bolaning ustiga qaynoq suv to‘kildi

    O‘zbekiston | 16 may, 20:20

    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi

    Reklama | 16 may, 19:30

    “Amerika ovozi”ning ishdan bo‘shatilgan ba’zi xodimlari iyunga qadar AQSHni tark etishi shart

    Dunyo | 16 may, 20:10

    “Bu mustahkam va o‘zaro manfaatli sheriklikning boshlanishi” — Saida Mirziyoyeva AQSH Senati a’zolari va biznes vakillari bilan uchrashdi

    O‘zbekiston | 16 may, 20:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.