• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    “Muzey ta’miri va suratlarning sotuvga chiqishi o‘rtasida bog‘liqlik yo‘q”. Internetda sotilayotgan qimmatbaho asarlar yuzasidan izoh berildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston davlat san’at muzeyining ta’mir uchun yopilishi ortidan qimmatbaho asarlarning sotuvi boshlangani aytilgan xabarlar tarqaldi. 

    Manzarachi rassom, rangtasvir ustasi O‘rol Tansiqboyev muallifligidagi surat tarmoqlarda 756 million so‘mga baholangan bo‘lsa, italiyalik rassom asari 37 millionga sotilishi mumkinligi ma’lum qilingan. 

    Foto: Skrinshot
    Foto: Skrinshot
    Ushbu raqamlar bilan bog‘lanib chiqdim. Birining raqami ishlamayapti, tusholmadim. Biri bu rasm xususiy mulki ekani va Amerikadan auksionda sotib olganini aytdi. Yana biri esa otasi Toshkentda boy inson bo‘lgani va o‘sha vaqti bu rasmlarni sotib olganini tushuntirdi. Hammasi ushbu rasmlarni sotib olsangiz, muammo bo‘lmasligini aytmoqda. Biroq men ishonmadim. Davlatning vakolatli idoralari o‘zi tekshiruv o‘tkazishini so‘rayman, deydi qimmatbaho asarlarga qiziqib ko‘rgan bloger Zafar Solijonov. 

    Yana bir jamoatchilik faoli, tilshunos, jurnalist va bloger Eldar Asanov qimmatbaho suratlarning internetdagi e’lonlar saytida sotilishini shubhali deb atagan.

    Bu holatni, albatta, tekshirish kerak, deydi u. 

    Madaniy meros agentligi holatga izoh berar ekan, “muzey ta’miri va suratlarning sotuvga chiqishi o‘rtasida bog‘liqlik yo‘q”ligi ma’lum qilindi. 

    Bildirilishicha, holat o‘rganilgan.

    Mazkur holat yuzasidan Madaniy meros agentligi muzey kuratorlari bilan birgalikda yuqorida qayd etilgan san’at asarlarini sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirdi. Bu haqdagi tegishli surishtiruv va tushuntirish hisobotlari muzey muhofizlari tomonidan atroflicha qiyosiy o‘rganildi. Suratlar muzey kolleksiyasiga mansub emasligi hamda ularning elektron sotuvga chiqarilishi bilan O‘zbekiston davlat san’at muzeyining rekonstruksiya va joriy ta’mirlash uchun yopilishi o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik mavjud emasligini alohida ta’kidlamoqchimiz, deyiladi mas’ullar izohida.

    Madaniy meros agentligi axborot xizmati rahbari Mohinur Imomovaning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston davlat san’at muzeyining barcha eksponatlari to‘liq raqamlashtiriladi. 

    Davlat muzeylaridagi elektron identifikatsiya qilinuvchi muzey ashyolari va sara to‘plamlari soni barqaror o‘sishda davom etayotganini ma’lum qilamiz. Hozirda davlat muzeylari fondlaridagi muzey ashyolari to‘plamlari soni 2 525 023 tani tashkil etadi, shundan, 1 815 211 tasi asosiy fondda 709 812 tasi ilmiy-yordamchi fondda saqlanmoqda, 82 067 tasi esa muzey ekspozitsiyalarida namoyish etilmoqda. Fursatdan foydalanib, ijtimoiy tarmoqlarning jamoat ishlarida faol va ta’sirchan foydalanuvchilariga O‘zbekiston davlat san’at muzeyi tomonidan san’at ashyolarini bezavol va bus-butun saqlash masalalariga befarq emasliklari uchun minnatdorchilik izhor qilib, topikstarterlarga o‘zlarining auditoriyasi oldidagi mas’uliyatini his qilgan holda hamda ma’lumot tarqatish odobiga rioya etib, bunday masalalarda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymaslikka va muzey yoki vakolatli davlat organi orqali tarqatilayotgan ma’lumot haqiqatga mos kelishi yuzasidan qo‘shimcha o‘rganishga chaqirib qolamiz. Muzeylar tomonidan misqollab yig‘ilayotgan ishonchga va ishchanlik obro‘siga putur yetkazishdan saqlanishni tavsiya etgan holda, kelgusida mamlakatimiz madaniy merosi maskanlari va ashyolariga nisbatan noqonuniy munosabatda bo‘lish holatlari aniqlansa, bu haqda agentlik va huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berishlarini so‘rab qolamiz, deydi mas’ullar.

    2022-yil Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida saqlanayotgan noyob eksponatlar qalbakilashtirilgani, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar berilgandi.

    08.08.2024, 15:12   Izoh (0)   2993
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onadagi muzeyda 2,5 mlrd so‘mlik noyob eksponatlar qalbakilashtirilgani, viloyat IIBda 7 ta asar yo‘qolgani ma’lum bo‘ldi

    13.07.2022, 16:40

    Farg‘onadagi muzeyda yong‘in sodir bo‘lgan. Tarixiy eksponatlarga zarar yetgan bo‘lishi mumkin

    14.04.2024, 11:00

    Bosh prokuratura Farg‘onadagi muzeyda sodir bo‘lgan yong‘inni tekshirmoqda

    16.04.2024, 12:22

    Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi

    08.08.2024, 14:33

    O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisini o‘tkazdi

    08.08.2024, 14:12

    Farg‘onada o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 6,6 ming dollar olgan o‘qituvchi ushlandi

    08.08.2024, 13:46
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev Haydar Aliyev va Ozarbayjon vatanparvarlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi (foto)

    O‘zbekiston | 3 iyul, 15:02

    Nodavlat oliy taʼlim muassasalarining faoliyati takomillashtirilmoqda

    O‘zbekiston | 3 iyul, 11:48

    Yuz terisini parvarish qilishda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan 5 ta xato

    Ayollar sahifasi | 3 iyul, 14:50

    Diogu Jotaning o‘limi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 14:39

    10 mln dollar talab qilingan: “Anorbank” rahbari Fransiyada o‘g‘irlab ketildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 14:32

    Toshkentdagi bankdan 90 ming dollar o‘g‘irlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 14:10

    Marsning Yerdagi eng katta “bo‘lagi” auksionda 4 million dollarga sotiladi

    Dunyo | 3 iyul, 14:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.