• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Farg‘onadagi muzeyda yong‘in sodir bo‘lgan. Tarixiy eksponatlarga zarar yetgan bo‘lishi mumkin

    Farg‘ona viloyatidagi davlat muzeyida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda “Daryo”ga xabar bergan muzey xodimiga ko‘ra, yong‘in natijasida 1850-yillarda yasalgan naqshli masjid eshigi, 1898-yilda Angliya qurolsozlari tomonidan kashf etilgan M-98 rusumli 2 dona miltiq qo‘ndoqlari yongan. 

    Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi
    Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

    “Daryo” jurnalisti bilan suhbatda bo‘lgan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi rahbari Xayrullo Zokirov muzeyda yong‘in emas, qisqa tutashuv bo‘lganini ma’lum qildi. 

    Muzeyda eskirib ketgan elektr simlari orqali chiqqan qisqa tutashuvdan hech qanday zarar yetmagan, — dedi muzey rahbari. 
    Yong‘in sodir bo‘lgani aytilayotgan qavat.
    Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov
    Yong‘in sodir bo‘lgani aytilayotgan qavat.
    Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

    Muzey mas’uli jurnalistning “1850-yillarda yasalgan naqshli masjid eshigi, 1898-yilda Angliya qurolsozlari tomonidan kashf etilgan M-98 rusumli 2 dona miltiq qo‘ndoqlari yonmagan bo‘lsa, ularning suratini taqdim qilolasizmi?”, degan savoliga, ayni paytda muzeyda elektr toki yo‘qligini, shu sabab ichkarini suratga ololmasligini aytib, javob qaytardi.

    Manbaning yozishicha, yong‘in 2024-yilning 11-aprel kuni soat taxminan 10:00 larda sodir bo‘lgan. 

    Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov
    Yong‘in muzeyning ikkinchi qavatidagi ekspozitsiya zalida sodir bo‘lgan. Natijada 1850-yillarda yasalgan naqshli masjid eshigi — noyob ekzemplyar, 1898-yilda Angliya qurolsozlari tomonidan kashf etilgan M-98 rusumli 2 dona miltiq qo‘ndoqlari yongan. Rassom Gavrilovning “Ur mirshabni” deb nomlangan, 1916-yilgi qo‘zg‘olon tasvirlangan kartinasiga shikast yetgan, — deydi ism-sharifi sir qolishini so‘ragan manba. 

    Bu haqda “Daryo”ga ma’lumot bergan ikkinchi manbaga ko‘ra, ayni paytda muzeyning ko‘rgazma zali viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan muhrlangan.

    1896-yilda tashkil topgan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyidagi yong‘inda bir qancha eksonatlarga ziyon yetgan. Ayrim eksponatlar yonib kul bo‘lgan. Yong‘inni o‘t o‘chiruvchilar bartaraf qilishgan bo‘lishiga qaramay voqea keng jamoatchilikdan yashirilmoqda, — deydi u.  

    Manbalarning qo‘shimcha qilishicha, muzeyning yong‘indan xabar berish tizimi anchadan buyon ishlamayotgan bo‘lgan. 

    Yong‘in bo‘lgan joy muhrlangani sababli u yerning suratini taqdim qilolmayman, — deydi ikkinchi manba. 
    Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

    “Daryo” jurnalisti bir-biridan mustaqil manbalar bergan axborotga aniqlik kiritish maqsadida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Ahliddin Alijonov bilan telefon orqali bog‘lanib, yong‘in haqida boshqarmaga qachon xabar berilgani bilan qiziqdi. Biroq mas’ul ayni paytda unda aniq axborot yo‘qligini, birozdan so‘ng, batafsil ma’lumot berishini aytdi. Ammo aytilgan vaqtda na telefon qildi na telefon qo‘ng‘iroqlariga javob qaytardi. 

    Muzeyni aylanish uchun borib, uch kundan beri unga kirolmayotganini yozgan “Daryo” o‘quvchisining ma’lumot berishicha, u yong‘inga guvoh bo‘lgan. 

    Men o‘sha kuni muzeyda edim. Keyin ketma-ket uch kun aylanish maqsadida muzeyga yana bordim. Muzey yopiq. Shu haqida xabar bering. Yong‘indan mutasaddi tashkilotlarning xabari yo‘q, shekilli, — deydi kuzatuvchi. 

    Avvalroq ushbu muzeyda 2,5 milliard so‘mlik noyob eksponatlar qalbakilashtirilgani, viloyat IIBda esa 7 ta asar yo‘qolgani ma’lum bo‘lgandi. “Daryo” muxbiri esa mazkur muzeydagi sirli o‘g‘riliklar haqida o‘rganib, jurnalistik surishtiruv o‘tkazgandi.

    14.04.2024, 11:00   Izoh (0)   6818
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #muzey

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijondagi ikkita uyda yong‘in sodir bo‘ldi

    24.03.2024, 22:23

    Toshkentda ikki qavatli savdo do‘konida yong‘in yuz berdi (video)

    27.03.2024, 10:42

    “Talimarjon” IESda yong‘in yuz bergani rad etildi

    02.04.2024, 08:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.