• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12704.02
    • RUB162.43
    • EUR14871.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +44°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport Futbol

    O‘zbekiston nega Osiyoning eng qimmat terma jamoasiga aylandi?

    FIFA reytingining iyul oyidagi yangilanishidan so‘ng, Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Osiyodagi eng qimmat milliy jamoaga aylandi. Bu borada O‘zbekiston Yaponiya va Janubiy Koreya terma jamoalarini ortda qoldirdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ma’lumotlarga ko‘ra, iyuldagi yangilanishdan keyin O‘zbekiston termasining umumiy narxi 69,58 million yevroga teng deb baholangan. Ikkinchi o‘rinni Birlashgan Arab Amirliklari egallagan bo‘lib, Transfermarkt portaliga ko‘ra, amirliklar jamoasining narxi 50,90 million yevroni tashkil etadi. Kuchli uchlikni esa 36,13 million yevro qiymat bilan Avstraliya yakunlab bergan.

    Osiyoning elita terma jamoalari hisoblangan Yaponiya va Janubiy Koreya bu safar pastroqda qayd etilgan. Yaponiyaning umumiy qiymati 26,13 million yevro, Janubiy Koreyaniki esa 18,08 million yevro deb ko‘rsatilgan.

    Foto: Transfermarkt
    Foto: Transfermarkt

    Xo‘sh, O‘zbekiston nimaning hisobiga Osiyoning eng qimmat terma jamoasiga aylandi?

    Transfermarkt portalidagi terma jamoalar qaydnomasiga nazar tashlasak, Yaponiyaning asosiy futbolchilari — Takefusa Kubo, Hiroki Ito, Sion Suzuki, Daichi Kamada va Kaoru Mitoma kabilar tarkibga kiritilmagan. Janubiy Koreya tarkibida ham xuddi shunday holat: xususan, Son Xyon Min va Kim Min Jae kabi yulduzlar “Osiyo Yo‘lbarslari” ro‘yxatida yo‘q.

    Qolaversa, bu futbolchilarning hech biri jarohat olmagan va terma jamoada o‘ynashni to‘xtatganlari haqida rasmiy ma’lumot yo‘q. Transfermarkt ularni nega qaydnomaga kiritmagani — noma’lum.

    Mazkur holat yuzasidan sport sharhlovchisi Alisher Nikimbayev quyidagicha fikr bildirdi:

    Ro‘yxatni ochib ko‘rganimda hayron bo‘ldim — Yaponiya tarkibida atigi bir nafar legioner, Koreyada esa bu ko‘rsatkich uch nafarni tashkil qiladi. Eng ajablanarlisi — ro‘yxatda na Son Xyon Min, na Li Kang In bor. Holbuki, shu ikki futbolchining o‘ziyoq Transfermarkt’da 45 million yevro turadi (Son — 20 mln, Li — 25 mln).

    Nikimbayevning ta’kidlashicha, bu holat ehtimol yaqinda o‘tkazilgan Sharqiy Osiyo Kubogida ishtirok etgan ikkinchi tarkiblar hisobga olingani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin:

    Transfermarkt ehtimol haqiqiy milliy jamoalarni emas, balki yaqinda o‘tgan Sharqiy Osiyo Kubogida o‘ynagan zaxira tarkiblarni hisobga olgan. Shu sababli ular past baholangan bo‘lishi mumkin. Misol uchun, Yaponiya terma jamoasining Indoneziyaga qarshi so‘nggi rasmiy o‘yinidagi tarkibni olaylik — u yerda “Parma” darvozaboni Sion Suzuki va “Frayburg” yarim himoyachisi Yuito Suzuki bor edi. Ularning umumiy narxi o‘ziyoq 30 million yevro atrofida.

    Nikimbayev so‘zini mashhur iqtibos bilan yakunladi:

    Sobiq Britaniya bosh vaziri Benjamin Disraeli bejiz aytmagan: ‘Yolg‘onning uch turi bor: oddiy yolg‘on, ochiq-oydin yolg‘on va statistika’. Transfermarkt reytingi, aftidan, aynan uchinchi toifaga kiradi, deya xulosa qilgan Nikimbayev o‘zining Telegram kanalida.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekiston o‘z tarixida ilk marta Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Jamoaning eng qimmat futbolchisi Abduqodir Husanov bo‘lib, uning qiymati 35 million yevroga baholangan. 

    21 iyul, 13:05   Izoh (0)   5914
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #O‘zbekiston terma jamosi#Yaponiya#Janubiy Koreya#Transfermarkt

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya dronlarini sinovdan o‘tkazish uchun bolalardan foydalanmoqda — The Guardian

    Dunyo | 23 iyul, 14:20

    Smartfon zaryadkasi uzoq vaqtga yetishi uchun eng oddiy usullar

    Maslahatlar | 23 iyul, 14:11

    Click’ning 49 foiz aksiyasini Qozog‘istonning Halyk Bank’i 176,4 mln dollarga sotib oladi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 14:08

    Birgalikda 12 ta filmdagi rol: Gollivudning eng mashhur aktyorlar juftligi

    Shou-biznes | 23 iyul, 13:58

    Charlz III ning odamsimon robot tomonidan chizilgan portreti taqdim etildi

    Layfstayl | 23 iyul, 13:48

    Holand tug‘ilgan kunida haqoratli xabar oldi (foto)

    Sport | 23 iyul, 13:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.