• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo Markaziy Osiyo

    “Ozarbayjon Janubiy Kavkazda yangi mustaqil siyosiy subyektga aylandi” — Xankendi sammitining ramziy va real ishoralari

    Joriy yilning 3–4-iyul kunlari Ozarbayjon respublikasining Xonkendi shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) 17-sammiti bo‘lib o‘tdi. Bu sammit nafaqat mintaqaviy iqtisodiy integratsiya nuqtayi nazaridan, balki ayni vaqtdagi Rossiya va Ozarbayjon munosabatlarining sovuqlashish fonida ham alohida ahamiyat kasb etdi. Quyida shu haqida hikoya qilamiz.

    Tashkilot tarixi

    Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti — 1964-yilda Eron, Pokiston va Turkiya tomonidan “Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish” nomi bilan tuzilgan edi.

    Ammo 70-yillarda ichki mintaqaviy savdo susayib ketgani tufayli tashkilot o‘z faoliyatini to‘xtatgandi. 1985-yilda tashkilot “Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti” nomi bilan qaytadan o‘z faoliyatini boshlagan.

    1992-yilning 28-noyabr kuni Pokiston poytaxti Islomobod shahrida aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining favqulodda yig‘ilishida Afg‘oniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston davlatlari IHTga aʼzo bo‘ladi.

    Picture background
    Tehron 1992-yil
    Foto: eco.int

    Tashkilotning asosiy maqsadlari: tashkilotga aʼzo bo‘lgan davlatlar o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni, shu jumladan, savdo-sotiqni kengaytirish, har bir aʼzo davlatda iqtisodiy o‘sish va aholining turmush darajasini ko‘tarish uchun shart-sharoitlar yaratish, aʼzo davlatlarning madaniy aloqalarini kuchaytirish va boshqa maqsadlarni ko‘zda tutadi.

    2023-yil 9-noyabr kuni Toshkent shahrida “Hamkorlikda iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyot sari” shiori ostida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti bo‘lib o‘tgan edi.

    Иктисодий хамкорлик ташкилоти электрон нашири ИХТнинг Ташкент саммити хакида йозди
    2023-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti
    Foto: vestikavkaza.ru

    Sammit joyining ramziy mazmuni

    Sammit Ozarbayjonning Xonkendi shahrida, yaqin o‘tmishda yuz bergan Qorabog‘ mojarosi va urushi markazida bo‘lgan hududda o‘tkazilishi — mezbon tomonidan xalqaro hamjamiyatga berilgan kuchli siyosiy signal bo‘ldi.

    Bu orqali Boku butun dunyoga mamlakat hududiy yaxlitligi tiklanganini va Xonkendining iqtisodiy hamda siyosiy hayotga qaytganini namoyon qilishga intildi.

    Bu esa IHT doirasidagi hamkorlik faqat iqtisodiy emas, balki xavfsizlik, barqarorlik va integratsiyani chuqurlashtirish masalalarini ham o‘z ichiga olishini ko‘rsatadi.

    Ushbu sammitda tashkilotga a’zo mamlakatlar — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkiya, Pokiston, Afg‘oniston, Turkmaniston, Eron va Ozarbayjon davlat vakillari qatnashdi.

    Picture background
    Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammiti
    Foto: turkmenistan.gov.tm

    Asosiy yo‘nalishlar: savdo, transport va yashil energetika

    Sammit davomida bir qancha sohalardagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha muhim tashabbuslar ilgari surildi. Jumladan, IHT makonidagi tranzit imkoniyatlarini rivojlantirish, xususan, Kaspiy dengizi orqali Boku—Turkmenboshi—Ashxobod yo‘nalishi, va Pokiston bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

    Bu esa transport bozorida O‘zbekiston kabi ichki quruqlikda joylashgan davlatlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. 

    Shu bilan birga, energetik o‘sish, qayta tiklanuvchi manbalarni rivojlantirish, hamda ekologik barqarorlik tamoyillarini IHT doirasiga integratsiya qilish zarurligi ta’kidlandi.

    Savdo va raqamlashtirish masalasida esa bojxona tizimining raqamlashtirilishi, savdoni erkinlashtirish, regional iqtisodiy aloqalarni kuchaytirish haqida ham bir qator muhim takliflar ilgari surildi.

    Picture background
    Ozarbayjon, Turkiya va Pokiston yetakchilari
    Foto: cbctv.az

    Ekspertlar fikri

    Taniqli tahlilchi va “Belt & Road Consultants” kompaniyasi rahbari Muhammad Asif Noor Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan sammitni “IHT tarixidagi burilish nuqtasi” deya baholadi.

    Uning fikricha, transport yo‘laklarini faollashtirish, energetik bog‘liqlikni kuchaytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash borasidagi kelishuvlar mintaqa davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va integratsiyani yangi bosqichga olib chiqadi.

    Siyosatshunos Muxtor Nazirov “Daryo” bilan suhbatda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasida sammitlar tizimli ravishda har yili o‘tkazilayotgani e’tibor qaratib, davlatlar o‘rtasida sivilizatsion yaqinlashuv tobora kuchayib borayotganini aytib o‘tdi.

    “Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasida sammitlar tizimli ravishda har yili o‘tkazilmoqda. Bu — tashkilotga a’zo mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy, madaniy va siyosiy aloqalar kuchayib borayotganidan dalolat beradi.

    Bir vaqtlar amerikalik siyosatshunos Samuel Huntington ‘global mojarolar kuchaygan paytda davlatlarni o‘zaro yaqinlashtiruvchi omil — bu sivilizatsiya bo‘lib, madaniyat chegaralari umumiy chegara bo‘ladi’, deb aytgan edi.

    Darhaqiqat, bu sammit bo‘lishdan oldin tashkilotga a’zo davlatlarda bir qancha ziddiyatlar yuz berdi. Masalan, Hindiston va Pokiston, Isroil va Eron, Tog‘li Qorabog‘ masalasi, Bu hududlarda doim geosiyosiy vaziyat qaynab turgan.

    Meni hayron qoldirgan masala, tashkilotga a’zo mamlakatlar bo‘lib o‘tgan mojarolarda bir-birini qo‘llab-quvvatlashi bo‘ldi. Masalan, Eronni sammitda qatnashgan barcha davlat rahbarlari o‘z chiqishlari orqali qo‘llashini bildirdi. Bu jiddiy signal”, dedi u.

    Picture background
    IHTga a’zo davlat rahbarlarining sammit doirasidagi o‘zaro uchrashuvi
    Foto: ru.apa.az

    Ozarbayjon — yangi mintaqaviy subyekt

    So‘ngi vaqtlarda Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarning sovuqlashishi — Ozarbayjon uchun Xonkendi sammitining ahamiyatini ikki karra oshirdi.

    Sammit doirasida Eron prezidenti va Ozarbayjon rahbari o‘zaro ko‘rishib, hech qanday tarjimonlarsiz o‘zaro suhbat qurdi.

    Muxtor Nazirovning fikricha, Ozarbayjon va Eronning o‘zaro yaqinlashuvi — Janubiy Kavkaz mintaqasida tarixiy muammo (Qorabog‘ masalasi — tahr.)ga barham berilganini anglatadi.

    “Bir vaqtlar Eron Tog‘li Qorabog‘ urushida Armanistonni qo‘llab-quvvatlagan edi. Lekin hozir Ozarbayjon va Eronning o‘zaro yaqinlashuvi — Janubiy Kavkaz mintaqasida tarixiy muammo (Qorabog‘ masalasi — tahr.)ga barham berilganini anglatadi.

    Bundan tashqari, Ozarbayjon — Janubiy Kavkaz mintaqasida yangi mustaqil subyektga aylandi. U aholisi, iqtisodi va geosiyosiy jihatdan mintaqadagi eng yirik mamlakat. Janubiy Kavkazdagi aksariyat iqtisodiy loyihalar Ozarbayjon orqali o‘tadi. Bu loyihalar doirasida rasmiy Boku biror bir yirik davlatga qaram emas.

    Shuningdek, Tog‘li Qorabog‘ masalasini hal etilgach, Ozarbayjonning Moskvaga qaramligi pasaydi. Hozir Janubiy Kavkaz mamlakatlari (Ozarbayjon, Armaniston va Gruziya)da Rossiyadan uzoqlashish tendensiyasi boshlangan. Rossiya bu mintaqada o‘z pozitsiyasini yo‘qotmoqda.

    Eronning o‘zida ham Rossiyadan uzoqlashish harakatlari ko‘zga tashlanmoqda. Yaqinda bo‘lib o‘tgan Isroil—Eron mojarosida Rossiya betaraf qoldi. Moskva tomonidan bunday ‘o‘yinlar’ oldin ham bo‘lgan”, deydi siyosatshunos.

    Muxtor Nazirov
    Foto: Daryo

    Ozarbayjonning Markaziy Osiyo uchun ahamiyati

    O‘zbekiston uchun Ozarbayjon strategik, iqtisodiy, logistika va siyosiy jihatdan nihoyatda muhim davlat hisoblanadi. Boisi, O‘zbekiston “O‘rta yo‘l” (Middle Corridor) deb nomlangan transport loyihasi orqali Turkiya, Kavkaz va Yevropa bilan aloqalarini mustahkamlashga intilmoqda.

    Hozirda O‘zbekiston yuklari Ozarbayjon portlari (Boku, Alyat) orqali Yevropaga va Turkiyaga chiqmoqda. Bu esa Rossiyaga bo‘lgan qaramlikni kamaytiradi va muqobil yo‘llarni shakllantirish uchun imkoniyat yaratadi.

    Masalan, amerikalik siyosatshunos olim Zbignev Bjezinski o‘zining “Buyuk shaxmat taxtasi” asarida, Ozarbayjonni Markaziy Osiyo davlatlari uchun G‘arbga olib chiquvchi “eshik” deya ta’riflab, shunday yozgan edi.

    “Agar Ozarbayjon to‘liq Moskva nazoratiga bo‘ysunsa, Markaziy Osiyo davlatlarining mustaqilligi deyarli maʼnosiz bo‘lib qolishi mumkin”.

    Picture background
    O‘rta koridor loyihasining xaritasi
    Foto: caliber.az

    Agar Rossiya Ozarbayjonda o‘zining geosiyosiy pozitsiyasini qayta tiklab, Yevropa Ittifoqi e’tibor qaratayotgan Transkaspiy loyihalarini muzlatsa, Markaziy Osiyo mamlakatlarini Moskvaning siyosiy ta’sir doirasida tushirib qo‘yish ehtimoli oshadi.

    Shu tufayli, Ozarbayjonning mustaqil siyosiy subyektga aylanishi — Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan O‘zbekiston uchun hayotiy zaruratga ega.

    7 iyul, 22:30   Izoh (0)   2161
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Rossiya#Ozarbayjon#geosiyosat#O'zbekiston#Turkiya#Eron

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.