Rossiyada o‘zini “qayta tug‘ilgan” Iso Masih deya da’vo qilgan sibirlik erkak 12 yilga qamaldi. Bu haqda Fox News xabar berdi.

Sibirlik Sergey Torop o‘z izdoshlariga jismoniy va moliyaviy zarar yetkazganlikda ayblanmoqda. U va uning ikki yordamchisi o‘z izdoshlaridan pul undirish uchun psixologik bosim o‘tkazgani aytilmoqda. Torop va Vladimir Vedernikov 12 yilga, Vadim Redkin esa 11 yilga hukm qilingan. Uchala erkak ham 2020-yilda federal xavfsizlik xizmati tomonidan vertolyot ishtirokidagi reydida hibsga olingandi.
Sergey sobiq yo‘l patrul xizmati xodimi hisoblanadi. U “diniy yetakchi” sifatida izdoshlari tomonidan “vissarion”, ya’ni “yangi hayot beruvchi” deb atalgan.

64 yoshli Torop 1991-yilda Sibirning Krasnoyarsk viloyati chekka qismida “So‘nggi vasiyatnoma” cherkovini tashkil etgan. Torop Xudoning kalomini yetkazish uchun “qayta tug‘ilganini” da’vo qilgan. U o‘z izdoshlarini go‘sht yemaslik, chekmaslik, spirtli ichimliklar ichmaslik, va so‘kinmaslikka buyurib, pul ishlatishni to‘xtatishga chaqirgan. Tergovchilarga ko‘ra, ayblanuvchilar 16 kishiga ma’naviy va 6 kishiga jismoniy zarar yetkazgan.
Izoh (0)