Isroilning Xayfa universiteti tarixchilari Negev cho‘li markazidagi Vizantiya cherkovida Iso payg‘ambarning mukammal tasvirini topdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Mutaxassislar mukammal suratni deyarli buzilib ketgan qadimiy ibodatxonaning shiftida topgan. Ibodatxona milodning 350-yilida qurilgan, deb hisoblanadi.
Surat Vizantiya davriga oid mazkur ibodatxona ochilganidan 100 yil o‘tgach topildi.
Arxeologlarning ta’kidlashicha, tasvir Iso payg‘ambarning odatdagi suratlaridan sezilarli darjada farq qiladi.
Izoh (0)