Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abbosbek Fayzullayev bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi.

Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, istanbulliklar 21 yoshli yarim himoyachi bilan besh yillik shartnoma imzolagan.
O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev bilan besh yillik shartnoma imzolandi. U bungacha Rossiyaning “SSKA” klubida to‘p surgan. Undan to‘q sariq va to‘q ko‘k libosda zafarli o‘yinlar kutib qolamiz, deyiladi “Istanbul Bashakshehir”ning rasmiy bayonotida.
Turkiya matbuoti xabariga ko‘ra, transfer qiymati 7 million yevroni tashkil etgan. Shuningdek, Fayzullayev istanbulliklar safida 11-raqam ostida harakat qiladi.
Ma’lumot uchun, Fayzullayev 2023-yil avgustida Toshkentning “Paxtakor” klubidan Moskvaning “SSKA” jamoasiga 500 ming yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. U Rossiya klubi safida 72 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 8 ta gol va 22 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Fayzullayev “SSKA” bilan Rossiya Kubogi, Superkubogi va Premyer Liga bronza medallarini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, 2023-yilda Osiyoda “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” sifatida tan olingan.
Izoh (0)