• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Jamoat xavfsizligi universitetida bo‘ldi (foto)

    O‘zbekiston prezidenti, Qurolli Kuchlar oliy bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 29-avgust kuni Jamoat xavfsizligi universitetini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Davlat rahbarining 2021-yil 15-apreldagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida professional kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida qayta tashkil topgan ushbu maskan malakali kadrlarni maqsadli tayyorlaydigan oliy harbiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi. O‘quv yurtining asosiy vazifasi chuqur o‘qitish, jangovar va jismoniy tayyorgarlikni oshirish orqali jamoat xavfsizligini samarali tashkil etishga qodir malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Buning uchun Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya uchun tegishli ravishda jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati xavfsizligi va pasport tizimi yo‘nalishlari bo‘yicha, Qurolli Kuchlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun esa harbiy diplomatiya, yurisprudensiya, iqtisodiyot, muhandislik-texnik, tarbiyaviy-psixologik va qo‘mondonlik-taktik faoliyat sohalarida zamonaviy taʼlim beriladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Universitetga 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab talabalar qabul qilina boshlagan. Bakalavriatda 15, magistraturada 8 yo‘nalish bor. Bugungi kunda bakalavriatda mingdan ortiq kursant, maxsus yo‘nalish, sirtqi taʼlim va magistraturada yana shuncha yoshlar tahsil olyapti. Ularga jami 209 nafar o‘qituvchi, professor va fan doktorlari saboq bermoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Xabarda aytilishicha, o‘quv tizimining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri — bu yerda umumfuqaroviy asosda o‘qishga ruxsat berilgan bo‘lib, bugungi kunda yurisprudensiya, iqtisodiyot va psixologiya taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar tahsil olmoqda. Universitet bitiruvchilari Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash bo‘linmalarida samarali xizmat qilmoqda. Shuningdek, o‘z qo‘riqlash tuzilmasiga ega davlat va xo‘jalik organlari uchun shu bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    So‘nggi yillarda universitetning o‘quv binolari kapital taʼmirlanib, barcha sharoit yaratildi. Sport majmuasi va o‘quv-uslubiy situatsion markazi yangidan qurildi. Har biri 300 o‘ringa mo‘ljallangan 6 ta yotoqxona zamonaviy holatga keltirildi. Davlat rahbari ushbu sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ta’kidlanishicha, universitetda ilmiy salohiyat oshib bormoqda. Tashkil etilgan yili bu bor-yo‘g‘i 10 foizni tashkil etgan bo‘lsa, ayni paytda 75 foizga ko‘tarildi. Universitet jamoasi tomonidan turli fanlar bo‘yicha 200 dan ortiq o‘quv qo‘llanmasi, 120 ta darslik tayyorlanib, chop etildi. Universitet jamoasi xalqaro hamkorlikni kengaytirishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

    Prezident ofitser va talabalar bilan muloqotda dual taʼlimni keng joriy qilish, o‘quv dasturini bugungi xavf-xatarlarga moslashtirib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    Universitetning yangi sport majmuasi ham ko‘zdan kechirildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ikki qavatli majmuada basseyn, trenajyor va krosfit zali, boks, ko‘pkurash maydonlari tashkil etilgan. Katta sport zalida gimnastika, mini-futbol, gandbol, voleybol, basketbol, stol tennisi bilan birga balandlik tayyorgarligi va evakuatsiya mashg‘ulotlarini o‘tkazish mumkin.

    Kursantlar sportda ham katta yutuqlarga erishmoqda. Shu kungacha jahon chempionatlarida 4 oltin, 3 kumush, 5 bronza medal, qitʼa va respublika musobaqalarida ham ko‘plab yutuqlar qo‘lga kiritildi. Bir nechta talabalar davlat stipendiyalariga, harbiy xizmatchilar “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan.

    Maʼnaviyat va maʼrifat markazida 500 o‘rinli tadbirlar zali, harbiy orkestr jamoasining shug‘ullanishi uchun alohida xona, vatanparvarlik muzeyi, psixologik markaz joylashgan. Davlat rahbari ularning ijodiy chiqishlarini kuzatdi.

    29.08.2024, 21:25   Izoh (0)   19731
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev DXXning harbiy ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi

    07.01.2022, 21:41

    Prezident O‘zbekiston mudofaa qobiliyatini yuksaltirish bo‘yicha qator topshiriqlar berdi

    02.01.2024, 20:05

    Shavkat Mirziyoyev dunyodagi eng yirik 100 ta mudofaa kompaniyasi ro‘yxatiga kirgan Turkiyadagi kompaniya faoliyati bilan tanishdi 

    06.06.2024, 16:07

    Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar vazirini mukofotladi

    25.08.2024, 20:19

    Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi yangi majmuada ish boshlaydi (foto)

    29.08.2024, 19:01

    YTTB O‘zbekistonda qayta tiklanadigan vodorod ishlab chiqarish uchun 65 mln dollar kredit ajratadi 

    29.08.2024, 20:56
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda daraxt bosib qolgan fuqaro vafot etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 23:21

    Superliga. “Buxoro” mehmonda “So‘g‘diyona” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 24 may, 23:08

    Toshkent va Andijondagi oshxona hamda xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 24 may, 22:40

    Namangan hokimi 100 yilligi nishonlanayotgan maktabdagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 22:00

    Quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanishda tez-tez uchraydigan xatolik aniqlandi

    Layfstayl | 24 may, 21:40

    Samarqand 2025-yili Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi

    O‘zbekiston | 24 may, 21:25

    Superliga. “Neftchi” o‘z maydonida bir kishi kam bo‘lib qolgan “Sho‘rtan”ni tor-mor etdi

    Sport | 24 may, 21:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.