AQSHning F-16 qiruvchi samolyoti prezident Donald Trampning golf klubi ustidagi vaqtincha yopiq havo hududiga kirgan yengil fuqarolik samolyotini tutib oldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Hodisa Nyu-Jersi shtatining Bedminster shahridagi havo hududida yuz bergan. Bu 5-iyul kuni yopiq havo hududiga ruxsatsiz kirilgan beshinchi holat bo‘lgan. Yo‘lovchi samolyotining e‘tiborini tortish uchun “bosh bilan zarba berish” (headbutt maneuver) deb ataladigan manyovr amalga oshirilgan. Shundan so‘ng samolyot cheklangan hududdan xavfsiz chiqarib yuborilgan.
AQSHning havo-hududi mudofaasi qo‘mondonligi so‘nggi haftalarda shunga o‘xshash bir nechta hodisani qayd etgan. Umumiy aviatsiya uchuvchilaridan hududda parvoz qilishdan oldin barcha ogohlantirishlarni sinchiklab tekshirish talab etilmoqda.
Ma‘lumot o‘rnida, Donald Tramp saylov kampaniyasi davomida ikkita suiqasdga urinishga duch kelgandi. 13-iyul kuni Pensilvaniyadagi mitingda siyosatchi qulog‘idan yaralangandi, tadbir ishtirokchilaridan biri halok bo‘lgan, yana ikki kishi jarohatlangan. Jinoyatda gumon qilinayotgan 20 yoshli Tomas Metyu Kruksni Maxfiy xizmat yo‘q qilgan.
Respublikachiga ikkinchi marta suiqasd qilish harakati 15-sentyabr kuni Florida shtatidagi golf klubi yaqinida sodir bo‘lgan. Maxfiy xizmat xodimlari butalar orasida yashiringan 58 yoshli Rayan Rautga qarata o‘t ochgan. Voqea joyidan avtomobilda qochib ketmoqchi bo‘lgan erkak ushlangan. Hodisa joyida nishonli AK-47 avtomati, ikkita ryukzak va GoPro kamerasi topilgan. Raut qotillikka tayyorgarlik ko‘rishda ayblangan.
Izoh (0)