• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    “Pulini biz to‘ladik, ammo uyga boshqalar ega chiqmoqda”: poytaxtda yana uy mojarosi

    Toshkent shahrida 147 nafar kishi yangi uy sotib olish maqsadida tadbirkorlar — Andronik Aloyan va Bahodir Ismagilov qurayotgan ko‘p qavatli uyga investor sifatida jalb qilinib, ne-ne umidlar bilan 3 yil uy qurilishi bitishini kutdi. Ammo uy qurilishi tamom bo‘layotgan paytda muammo paydo bo‘ldi. Emishki, 147 nafar fuqaro uchun uy qurgan tadbirkorlardan biri Bahodir Ismagilov Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi mahallalarning birida ham kottejlar qurishni va’da qilib, odamlarni katta miqdordagi pulga chuv tushirgan. Bu ish internetda “Limonariya ishi” sifatida ko‘plab muhokamalarni keltirib chiqargan. Tadbirkor ayni kunda qamoqda. Aldanganlar esa Bahodir Ismagilov sherikligida boshlangan, keyinchalik bu tadbirkor ta’sischiligidan chiqib ketgan korxona qurayotgan ko‘p qavatli uyga da’vo qilmoqda. Sudga ham shikoyat qilgan va haqqini undirib berishlarini so‘ragan. Ko‘p qavatli uy qurilishiga investor sifatida jalb qilingan 147 nafar kishi esa “Bu uy bizning pulimizga qurilgan. Buni olib qo‘yish adolatsizlik”, demoqda. 

    Bu yerda ikkita ta’sischi — Ismagilov va Aloyan bo‘lgan. Ismagilov o‘z ulushini Diyor aka Siyayevga sotib, tashkilot ta’sischiligidan chiqib ketadi. U bu tashkilotdan ketgach, boshqa joyga borib qurilish qiladi va odamlarni katta mablag‘ga chuv tushiradi. Odamlarning qanday aldangani bizga qorong‘i. Lekin u yoqda aldanganlar Ismagilov mana shu yerda “dom” qurgan, bizning pulimizni shu yerga ishlatgan deb, sudga berishgan. Hamda bizning mablag‘imiz evaziga qurilgan uyga da’vo qilishmoqda, — deydi muammo haqida jurnalistlarga gapirgan Dilshod Qurbonov. 
    Dilshod Qurbonov. 
    Foto: “Daryo”

    Murojaatchining aytishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanining Quva ko‘chasida joylashgan, qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli uy qurilishiga 147 nafar fuqaroning puli sarflanganini, shuningdek, fuqarolarning bank orqali to‘lov qilganini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud. 

    Foto: “Daryo”
    Shu uy qurilishi uchun to‘lov qilgan 147 nafar kishining qo‘lida shartnoma va to‘lov kvitansiyalari bor. Hammasi qonuniy. Xohlashsa, tekshirib ko‘rishsin. Lekin bizning uyimizga da’vo qilayotganlarning ko‘pchiligi “Limonariya” mahallasida qurilishi va’da qilingan uy uchun naqd to‘lagan. Kassaga ham to‘lamay, quruvchining qo‘liga bergan. Uy uchun to‘lov bu tartibda to‘lanmaydi-ku. Quruvchi tashkilotning hisobraqamiga bank orqali to‘lovni amalga oshirish kerak, — deydi u. 

    Qurib bitkazilgan uyidan ajralib qolishdan qo‘rqayotgan Gulchehra Turdiyevaning aytishicha, u 2021-yilning sentyabr oyida uy to‘lovining dastlab 30 foizini, keyin bir yarim yil davomida qolgan to‘lovlarini to‘lab, ayni kunda uy pulidan qutulgan. 

    Gulchehra Turdiyeva.
    Foto: “Daryo”
    Qurilish yakuniga yetish davrida uyimizning yarmi “Limonariya” mahallasidagi fuqarolarga bo‘lib berilishi belgilandi. Aslida, bu uyga to‘lov qilish biz uchun ham oson bo‘lmagan. Uydan nimalarnidir sotib, oyma-oy ro‘zg‘ordan tejab, yangi uy uchun pul to‘ladik. Nega uyimiz bitgan paytda boshqa odamlarning aldangani uchun biz tovon to‘lashimiz kerak? Shaxsan menda shu uy uchun barcha to‘lovlarni amalga oshirganim to‘g‘risida hujjatlar bor, — deydi Gulchehra opa. 
    Foto: “Daryo”

    Murojaatchining aytishicha, sud qaroriga ko‘ra qurilishi tugallanmagan uy sotilib, ular to‘lagan pullar to‘liq qaytarilgan taqdirda ham, ayni kunda bu pulga Toshkent shahridan bir xonali uy ham ololmaydi. 

    Foto: “Daryo”
    Shu sabab menga pulingizga kuymaysiz, to‘lagan pulingizni qaytaramiz, deyishgan taqdirda ham, rozi bo‘lmayman. Boisi biz 2021—2022-yillarda to‘lagan pulimizga ayni kunda bir xonali uy ham berishmaydi. Nega boshqalarning huquqiy savodsizligi uchun biz javob berishimiz kerak? Shu ishni qilganlar avvalroq o‘ylab ko‘rishlari kerak edi. “Limonariya” mahallasidagi jabrlanganlarga Bahodir Ismagilovning boshqa mulklaridan olib, to‘lab berishsin, mayli ular ham jabrlanib qolishmasin. Muhimi, adolat tiklansin, — deydi Gulchehra Turdiyeva. 

    Navbatdagi suhbatdosh Dildora Fayzullayevaning ma’lum qilishicha, u ham uy uchun to‘lov qilgan. Faqat qonuniy tartibda, bank orqali Bahodir Ismagilovning ulushini sotib olgan Diyor Siyayevning hisobraqamiga o‘tkazib bergan.

    Dildora Fayzullayeva.
    Foto: “Daryo”
    Biz Bahodir Ismagilovni umuman tanimaymiz. Nega endi tanimagan odam uchun, uning aybi uchun biz tovon to‘lashimiz kerak? Biz uy uchun qilingan to‘lovlarni qonuniy tartibda bank orqali to‘laganmiz. Bu holat bo‘yicha sud ham bo‘ldi. Sudda bizni hatto eshitishmadi, — deydi u. 
    Foto: “Daryo”

    Murojaatchilarning aytishicha, Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati taftish instansiyasi 2024-yil 5-iyunda System Metall Stroy mas’uliyati cheklangan jamiyatiga 
    tegishli Mirzo Ulug‘bek tumanining Quva ko‘chasida joylashgan 49 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ga baholangan, tugallanmagan ko‘p qavatli turar joy majmuasini sotib, Bahodir Ismagilovning 50 foiz ulushiga qaratish hamda sotuvdan tushgan pul mablag‘larini jabrlanuvchilar foydasiga teng taqsimlash haqida ajrim chiqargan.

    Foto: “Daryo”

    Murojaatchi Ulug‘bek Aliboyevning bildirishicha, u 603 million so‘mlik uyga 420 million so‘m to‘lov qilgan. Biroq muammolari chiqqach, yana to‘lov qilishga ikkilanmoqda. 

    Ulug‘bek Aliboyev.
    Foto: “Daryo”
    Andijondagi uyim va mashinamni sotib, shu uyga 420 million so‘m pul to‘ladim. Biroq ayni kunda sud jarayonlari ketayotgani sababli qolgan pulni to‘lashga qo‘rqyapman. Hozirgi kunda ijarada yashayapman. Men bu yerda Diyor aka degan odam bilan gaplashganman. Bahodir Ismagilovni tanimayman, — deydi u. 
    Temur Mirabayev.
    Foto: “Daryo”
    Abdirayim Ergashev.
    Foto: “Daryo”

    Yana boshqa murojaatchilar Temur Mirabayev hamda Abdirayim Ergashevlarning aytishicha, ular ham yangi qurilayotgan uy poydevori qurilishidan avval xonadon uchun pul to‘lagan. Biroq ayni kunda kelib chiqayotgan muammo ularga noqulaylik tug‘dirmoqda.

    Foto: “Daryo”
    Shuhrat Mutalov. 
    Foto: “Daryo”
    Shu uydan xonadon olib, dastlab 50 foizini, qolganini esa bo‘lib-bo‘lib to‘lashga olib, uy uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan pulni to‘lab bo‘ldim. Yaqinda xabar topsak, Bahodir Ismagilovdan jabrlangan fuqarolarga pul to‘lash uchun bizning pulimizga qurilayotgan uyni sotib, qoplash haqida sud qarori chiqibdi. Agar shunaqa bo‘ladigan bo‘lsa, 147 nafar fuqaro ko‘chada qoladi. Ko‘pchilik uyini sotib, bu uyga to‘lov qilishgan. Bu nohaqlik, — deydi Shuhrat Mutalov. 
    To‘lagan Jumayev.
    Foto: “Daryo”

    Murojaatchi To‘lagan Jumayev qurilishi bitmagan uyni 49 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ga sotish haqida qaror chiqarilib, shoshma-shosharlik qilganini aytmoqda.

    Aslida bu yerda tadbirkor ulushi bor deb topilgan taqdirda ham, jabrlanganlarga investorlar pulidan emas, shu uyni qurishdan tushgan sof daromadga qaratishi kerak-ku, nega endi investorlar puliga ko‘z tikilmoqda, — deydi To‘lagan Jumanov. 
    Foto: “Daryo”

    Ismi sir qolishini so‘ragan yana bir fuqaroning aytishicha, ular yana Oliy sudga shikoyat qiladi. 

    Foto: “Daryo”
    Biz har qanday tekshiruvga tayyormiz. Marhamat, tekshirib ko‘rishsin. Bizning to‘lagan pullarimiz kvitansiyasini tekshirishsin. Quruvchi tadbirkor bizning pulimizni olmasin-da, uy qurishdan tushgan foydadan o‘z ulushini olsin. Biz o‘sha paytda uch xonali uyga to‘lagan pulimizga hozir bir xonali uy ham olib bo‘lmaydi-ku. Bu nohaqlik-ku, — deydi u. 

    “Daryo”ga murojaat qilib, o‘zini Farrux Umarov deb tanishtirgan fuqaroga ko‘ra, u “Limonariya baraka” kottejiga pul to‘lagan jabrlanuvchilardan biri hisobalandi.

    Bilishimcha, sud System Metall Stroy foydasidan keladigan pullarning 50 foizini olish va jabrlanganlarga to‘lash haqida fikr yuritgan. Bahodir Ismagilovning bu qurilish korxonasiga aloqadorligi prokuratura tomonidan ham o‘rganildi. 3 ta sud instansiyalarida aniqlik kiritildi. Buni inkor qilib bo‘lmaydigan fakt va isbotlar borligi uchun sud ham har safar tadbirkorning 50 foiz ulushidan undirish haqida qaror chiqarib bergan. Qolaversa, hozir qurilish korxonaga rahbarlik qilayotgan Siyayev — Bahodir Ismagilovning yaqin do‘sti bo‘ladi. Siyayev Bosh prokuraturaga advokati bilan borib Ismagilov System Metall Stroy’dagi ulushini vaqtinchalik nomimga o‘tqazib turishini so‘radi, deb ko‘rsatma bergan, — deydi Farrux Umarov.
    04.07.2024, 17:13   Izoh (0)   9529
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    UzAutoMotors 5-iyul kuni Cobalt’ga shartnoma ochilishini eʼlon qildi

    04.07.2024, 16:50

    Samarqandda ota besh yoshli farzandini tepib, yerga yiqitdi (video) 

    04.07.2024, 16:35

    O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarildi

    04.07.2024, 16:13

    Besh kishi jarohatlangan: Toshkentda bir guruh kishilar o‘rtasidagi janjalga nima sabab bo‘lgani ochiqlandi

    04.07.2024, 15:46

    “Biz ‘SHHT oilasi’ jipsligini kuchaytirishimiz zarur” — Shavkat Mirziyoyev tashkilot oldida turgan eng dolzarb vazifalar haqida gapirdi

    04.07.2024, 14:36
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.